Tarkibidan soch tolasi chiqqan dori vositasining taqdiri nima bo`ldi?

09.12.2023 20:21

Ijtimoiy tarmoqlarda 29 noyabr kuni Karbamazepin dori vositasidan soch tolasi chiqqani aks etgan videomurojaat tarqaldi.

Ijtimoiy tarmoq faoli Farrux Abdullaev tomonidan yoyinlangan mazkur videomurojaatda Hindistonda ishlab chiqarilgan Karbamazepin dori vositasidan soch tolasiga o`xshash narsa chiqib turgani yaqqol isboti bilan oshkor etilgan.

Mazkur murojaat bo`yicha 2 dekabr kuni Sog`liqni saqlash vazirligi huzuridagi “Farmasevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi” Davlat muassasasi tomonidan rasmiy munosabat bildirilgan.

Mazkur preparat o`rnatilgan tartibda laboratoriya tahlillaridan o`tkazilgandan so`ng, vaziyat bo`yicha qo`shimcha axborot beriladi”, – deyilgan markaz tomonidan bildirgan rasmiy munosabatda.

Rasmiy munosabat bildirilganidan so`ng oradan bir hafta vaqt o`tsa-da, dorining taqdiri haqida boshqa hech qanday ma`lumot berilmadi.

Butun bir millat taqdiriga daxl etuvchi mazkur xavfning keyingi voqealariga aniqlik kiritish maqsadida Farmasevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi Matbuot xizmati bilan bog`landik.

Markaz Matbuot xizmatining ma`lum qilishicha, tarkibidan soch tolasi topilgan Karbamazepin dori vositasi ayni vaqtda 4 bosqichli laboratoriya tekshiruvlaridan o`tkazilmoqda ekan.

Tekshiruv tahlillarining natijalari keyingi hafta boshlarida aniq bo`ladi. Tekshiruv natijalari esa ishlab chiqaruvchi bilan bo`ladigan keyingi munosabatni belgilab beradi”, – deydi Farmasevtika mahsulotlari xavfsizligi markazining Matbuot kotibi Lochinbek Xudayorov.

@rost24_uz_bot — Хабар йўлланг. Сизнинг хоҳишингизга кўра ҳар қандай маълумот сир сақланади
2
Изоҳ қолдириш
Изоҳлар