2022 yil so`nggida vazirliklar soni va tarkibida qisqartishlar bo`ldi. Mazkur o`zgarishlarga ham bir yil bo`lib qoldi. Byudjetdan kattagina mablag` bilan ta`minlanadigan bitta vazirlik o`zini ko`rsatishi uchun bu muddat etarli hisoblanadi.
2023 yilda qaysi vazirliklar samarali ishladi?, jamoatchilik qisqargan vazirliklarni biladimi?, xalq xizmatidagi vazirliklarni odamlar qanchalik tanishadi?
Rost24.uz shu kabi savollar bilan jamoatchilik o`rtasida so`rovnoma o`tkazdi.
Javoblar esa turlicha bo`ldi:
- 12 ta;
- Vazirliklar ko`p O`zbekistonda;
- 5 ta bo`lsa kerak;
- 3tami 4 ta bo`lsa kerak;
- 1 ta;
- Bilmasam, bordir 5-6 ta;
- 47 ta yoki 49 ta bo`lsa kerak;
- Vazirliklar kundan-kunga o`zgaryapti, ohirgi ma`lumotlarni bilmayman;
- O`zbekistonda 30 ta;
Shuningdek, bu savolga ko`pchilik “bilmayman” degan javobni berishdi.
Aholi xalq xizmatida bo`lgan qaysi vazirlarni taniydi?
- Abdullar Aripov;
- Hech qaysini;
- Madaniyat vazirini taniyman;
-Ozodbek Nazarbekov va Bosh vazir Abdulla Aripovni taniyman;
- Hech qaysi birini tanimayman;
- Ta`lim vazirini taniyman, Abdulla Aripov edi adashmasam;
- Men qiziqib ko`rmagan ekanman;
- Ismlarini bilmayman;
Yil yakuniga oz qolgani sabab jamoatchilikka 2023 yilda qaysi vazirliklar samarali ishladi, degan savolni ham berib ko`rdik. Bu savolga ham javoblar turlicha bo`ldi:
- Hamma 100 foiz ishlamaydi, kimdir “cho`ntak” uchun ishlaydi, kimdir xalq uchun, yaxshisi ham yomoni ham bor;
-Umumuman ishlaganini sezmadim;
-Ta`lim vazirligi harakat qilyapti, chunki soham shu bo`lgani uchun shuni bilaman;
-Ishlagani ham bor, ishlamagani ham bor. Siyosatga aralashishni yoqtirmayman;
Guvohi bo`lganingizdek, kutilmagan javoblar bo`ldi. So`rovnoma tayyorlash jarayonida hatto, savolni eshitishi bilan o`zini olib qochganlar ham bo`ldi. Bu holat esa jamiyat xalq xizmatchilarini baholashdan, ular haqida fikr bildirishdan ham hayiqishini anglatmaydimi?