2022 yilda eng ko`p foyda va zarar ko`rgan korxonalar ro`yxatida eng ko`p zarar bilan “O`zbekiston Milliy elektr tarmoqlari” AJ ko`rsatilgan edi. Hozirda ahvol qanday?
Rost24.uz jurnalistining ushbu savoliga tashkilot elektr energiyasini xarid qilish va sotish bosh boshqarmasi boshlig`i Nurilla Mahmudov javob berdi.
“Bu yilgi ko`rilgan zarar hozirgacha ya`ni 10 oyda 1,8 trln so`mni tashkil qilyapti. Demak, o`tgan yili bu raqam 4,3 trlnni tashkil etgan. Hali bizda bozor mexanizmlari bozor qonuniyatlariga asoslab shakllanadigan ta`riflarga o`tilmagan. Shu sababdan, davlat bu sohani qo`l rejimida boshqarib turishga majbur bo`lyapti, – deydi u.
Mas`ulning so`zlariga ko`ra, "O`zbekiston milliy elektr tarmoqlari" ishlab chiqaruvchilaridan elektr energiyasini sotib oladi va hududiy elektr tarmoq korxonalariga sotadi. Sotib olish va sotish jarayonida yakuniy iste`molchilarga og`irlik tushmasligi uchun ularning elektr energiyasi tarifi yuqorilab ketmasligi nazoratga olinadi. Buni bartaraf etish bo`yicha aholini ta`riflariga hozircha tegilmagan.
"1 oktyabrdan ulgurji iste`molchilarning ta`rifi 450 so`mdan 900 so`mgacha oshirildi. Shuning natijasida energiya korxonalari o`rtasida tariflar ham qayta ko`rib chiqildi.
1 noyabrdan o`sha o`rtadagi zararni biroz pasaytirish hisobiga energiya korxonalari o`rtasidagi tariflar ham qayta belgilandi. Endi hozir bizning prognozimiz yil oxirigacha shu 1,8 trln zararni ushlab qolish va ko`paytirmaslik”, — dedi Nurilla Mahmudov.