Bu haqda “Toshkent metropoliteni” DUK matbuot xizmati rahbari To`ychi Mirzaev ma`lum qilgan.
Matbuot kotibining so`zlariga ko`ra, metro vagonlariga belgilangan yo`lovchilar sonining 2 barobar ko`payishi va buning hisobiga vagonlarga normadan ortiq yuklama tushib ketishi metro poezdlarini tez-tez buzilishiga olib kelmoqda.
"Yo`lovchilar tomonidan metropolitendan foydalanish qoidalariga rioya qilinmayotganligi, ya`ni, harakatlanish vaqtida o`zaro hurmatni saqlash, poezd ichidagi yo`lovchilar chiqib ketguniga qadar kirish uchun vagon eshiklari oldida turib qolish, manzilga kelgach, poezddan chiqish uchun imkon qadar tezroq harakat qilish, vagon eshiklariga suyanish hamda poezdning bosh va so`nggi vagonlari bilan bir qatorda o`rta vagonlaridan teng foydalanmayotganliklari asosiy sabablardan biridir", – deyiladi xabarda.
Shuningdek, yo`lovchilar tomonidan vagonlarda va metropoliten hududida shaxsiy buyumlarni qoldirib ketish kabi holatlar kuzatilayotgani aytilgan.
"Bunda, tekshirish maqsadida, poezd harakati yo`nalishidan olinadi va harakat intervalining uzayishiga olib keladi. Bu kabi holatlar bir oy davomida 9-10 marotaba uchraydi" – deydi T.Mirzaev.
Negadir, ba`zi mas`ullar aybini tan olib, uni tuzatishga emas, boshqacha bahonalar qidirishga harakat qiladi. Aytiladigan barcha bahonalar tugagach, eng oxirida iste`molchi aybdor bo`lib chiqaveradi.