Makroiqtisodiy va hududiy tadqiqotlar instituti o`tgan oktyabr oyida Toshkent shahrida barcha turdagi xonadonlar uchun taklif etilayotgan ijara narxlari 2022 yilning mos davridagiga nisbatan arzonlashganini xabar qildi.
Xususan, o`rtacha ta`mirlagan uylar ijara haqi 6-14 foizgacha, to`liq ta`mirlangan uylar ijarasi 6-16 foizgacha pasaygan.
"Uch xonali uylar ijara haqida Uchtepa (-20,7 foiz) va Olmazor (-20 foiz) tumanlarida nisbatan ko`proq pasayish qayd etilgan. To`rt xonali uylar uchun Yakkasaroy (-29,7 foiz) va Chilonzor (19,8 foiz) tumanlarida ijara narxlarining tushishi kuzatilgan", — deyiladi institut xabarida.
Lekin, Markaziy bankning avgust oyidagi ma`lumotida Bektemir tumanidagi ko`rsatkichni (5,2%) hisobga olmaganda, poytaxtning qolgan barcha tumanlarida uy-joylarning ijara to`lovi o`tgan yilning oktyabr oyiga nisbatan 10 foizdan 22 foizgacha ko`tarilgani qayd etilgan edi.