Gistbriefly nashri ma`lumotlarida dunyodagi eng ko`p maosh oluvchi prezidentlar ro`yxati yangilandi. 2023 yil 29 mayda yangilangan ro`yxatga ko`ra, birinchi o`rinni o`zbek xalqini arzon restoran, yo`lovchi samolyotlar-u poezdlarda yurib hayron qoldirgan Singapur prezidenti egallagan.
1. Singapur prezidenti yillik 400 000 dollar, oyiga 33 334 $ oladi. Bu davlat rahbarining dunyodagi prezidentlar maoshi bo`yicha birinchi o`rinda ko`rsatilishiga mamlakatning kuchli iqtisodiyoti sabab deyiladi.
2. Birlashgan arab amirligi prezidenti yiliga 380 000 dollar, bir oy uchun 31 667 $. BAA dunyoning eng boy davlatlaridan biri hisoblanadi. Boshqa prezidentlar singari BAA prezidenti ham bepul uy-joy va hashamatli mashinalardan foydalanadi. 2016 yilda BAA parlamenti prezident maoshini 20 foizga kamaytirishga ovoz bergan edi.
3. Amerika qo`shma shtatlari prezidenti bir yilda 360 000 dollar, bir oyda 30 000 $ oladi. Amerika prezidentining maoshi qonun bilan belgilanadi. Kongress aktisiz o`zgartirilishi mumkin emas. Jorj Bush 1989 yilda maoshni belgilovchi qonunni imzolagan va o`sha vaqtdan beri bu o`zgarmay keladi.
4. Norvegiya prezidenti – yillik 350 000 dollar, bir oyda 29 167 $ oladi. Norvegiya Skandinaviyaning 5 milliondan sal ko`proq aholisi istiqomat qilayotgan davlat hisoblanadi. Mamlakat kuchli iqtisodiyotga ega. Iqtisodining katta qismini neft zaxiralari tashkil qiladi.
5. Turkiya prezidenti bir yil uchun 315 000 dollar, bir oyda 26 250 $ oladi.
6. Shveysariya prezidenti bir yilda 310 000 dollar, bir oyda esa 25 834 $ maosh oladi. Shveysariya iqtisodiy erkin mamlakatlar qatorida 4-o`rinda turadi. Prezidentning maoshi ushbu ro`yxatda ba`zi mamlakatlardan ancha past, ammo bu ham qulay daromad hisoblanadi.
7. Irlandiya prezidentining maoshi bir yilga 285 000 dollar, bir oyga 23 750 $ tashkil qiladi. 2011 yilda prezidentlikka qayta saylangan Maykl Daniel Xiggins Irlandiyaning 9-prezidenti hisoblanadi.
8. Kanada prezidenti bir yilda 270 000 dollar oladi, bu bir oyda 22 500 $ga to`g`ri keladi. Kanada prezidenti hozirda Jastin Tryudo bo`lib, u 2015 yildan buyon o`z lavozimini egallab kelmoqda. U Kanadaning sobiq bosh vaziri Per Tryudoning to`ng`ich o`g`li bo`lib, o`qituvchilik va muhandislik sohasida tajribaga ega.
9. Yaponiya prezidenti bir yil uchun 265 000 dollar oladi, bu bir oyga 22 084 $ degani. Yaponiya yashash uchun eng qimmat shaharlardan biri bo`lishiga qaramay, Yaponiya prezidenti boshqa mamlakat prezidentlariga qaraganda kam maosh oladi.
10. Avstraliya prezidentining maoshi bir yilga 250 000 dollar, u bir oyda 20 834 $ oladi. Avstraliya Prezidenti Avstraliya davlatining eng obro`li rahbari hisoblanib, u uch yillik muddatga saylanadi. Prezidentning roli mamlakatning Buyuk Britaniyadagi Oliy komissari sifatida xizmat qilishdir.
Gistbriefly nashri ma`lumotida dunyodagi eng boy yoki kambag`al prezidentlar emas, balki faqat prezidentlarning ramziy maoshlari aytilganligiga alohida urg`u berilgan. Chunki prezidentlar boshqa daromad manbalariga ham ega hisoblanadi.