Poytaxt qishga to`liq tayyor – mutasaddi hisoboti

17.11.2023 11:15

2022 yilning qishi ko`p qavatli uylarda yashovchi poytaxt aholisining qishloq odamlari singari o`choqda ovqat qilishi, o`tin yoqib isinishi bilan esda qoldi. Mas`ullar esa, bu anomal sovuq emas, odamlar vahima qilyapti, degan fikrni aytib o`tgan edi. 

Bu yilgi qishda ham poytaxt aholisi o`tin yoqib, o`choqda ovqat qiladimi? Bu yil qishga tayyorgarlikda o`tgan yilgi holatlar qanchalik hisobga olingan? 

Rost24.uz jurnalistining Qurilish va uy-joy kommunal xo`jaligi vazirligi va Toshkent shahar hokimligi mutasaddilariga bergan ushbu savoliga quyidagicha javob berildi: 

"Qish mavsumiga Toshkent shahrida respublika byudjetidan hamda mahalliy byudjetdan 200 mlrd so`m ajratilgan. 11 ming 77 ta xonadondan ko`p qavatli uylarda 2480 tasida ta`mirlash ishlari bajarilgan. Bu yilgi kuz-qishga tayyorgarlik bo`yicha zaxiramiz mavjud. Zaxirani aytadigan bo`lsam, 16,5 ming tonna mazut, 246 dona nasoslar, 60 tonna transformatorlar moyi zaxira qilib olindi. Prezidentimiz 3 va 5-qozonxonalarda bo`ldi. Bu erlar qayta rekonstruksiya qilindi. Ularni gaz sistemasidan qo`shimcha mazut sistemasiga o`tkazish ishlari ham to`laqonli bajarildi. Bu parallel olib boriladi. Agar gaz pasayib qoladigan bo`lsa, mazut bilan to`laqonli issiqlik tizimini ta`minlab bera olamiz", dedi Toshkent shahar uy-joy kommunal xo`jaligi boshqarmasi boshlig`i o`rinbosari Sherzod Egamberdiev. 

Mas`ullar so`zlariga ko`ra, hisobotlar va so`zlarda hamma narsa tayyor. Tayyorgarlik qay darajada ekanligini kelayotgan qish namoyon qiladi.

@rost24_uz_bot — Хабар йўлланг. Сизнинг хоҳишингизга кўра ҳар қандай маълумот сир сақланади
1
Изоҳ қолдириш
Изоҳлар