Afg`oniston suvni nazorat qilsa, qo`shnilar suvsiz qoladi – Afg`oniston rasmiysi

07.11.2023 08:46

“Afg`oniston suvni nazorat qilsa, qo`shnilar suvsiz qoladi”, – dedi "Tolibon" energetika va suv vazirligi maslahatchisi Faruq A`zam. Bu so`zlar Afg`onistonning iqtisodiy rivojlanishiga bag`ishlangan anjumanida  aytilgan.

Shuningdek, vazir maslahatchisi Afg`onistonda suv etarli ekanligini agar u nazoratga olinsa, qo`shni davlatlar unga muhtoj bo`lishini ta`kidlab, xususiy sektorga suv xo`jaligida ishlashga ruxsat berishni so`ragan.

So`nggi yillarda Afg`onistonning suv to`g`onlarini qurishi yon-atrofidagi qo`shnilarda, shu jumladan Enronda ham xavotir va  noroziliklarni uyg`otmoqda. Eron "Tolibon"ni Hilmand daryosi suvi taqsimotini cheklaganlikda ayblab, Afg`onistonda qurilgan "Kajaki" to`g`oni suvining Eronga kirishga to`sqinlik qilayotganini bildirgan. Eron tashqi ishlar vaziri Husayn Amir Abdullahiyon yaqinda Tehronda Tolibon bosh vazirining iqtisodiy masalalar bo`yicha o`rinbosari Abdul G`ani Barodor bilan uchrashuvida suv muammosining nozikligi va odamlar hayotiga bevosita bog`liq ekanligini bildirgan. Bu borada Afg`oniston hukumati Eronning suv bo`yicha xalqaro huquqlarini ta`minlashga e`tibor qaratishi lozimlgini ham ta`kidlab o`tgan.

"Qo`shtepa" kanali ham Amudaryoning suv resurslarini boshqarishda yirik loyihalardan biri hisoblanadi. Tolibon Afg`oniston shimolida amalga oshirilayotgan "Qo`shtepa" kanalining bir qismi ishga tushirilganligini ma`lum qilgan edi. Markaziy Osiyo davlatlari esa ushbu loyihadan xavotirda.

O`zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoev ham "Tolibon" tomonidan "Qo`shtepa" kanali qurilishi nafaqat O`zbekiston hattoki, butun Markaziy Osiyodagi suvdan foydalanish tartibi va muvozanatini tubdan o`zgartirib yuborishi mumkin, degan edi.

@rost24_uz_bot — Хабар йўлланг. Сизнинг хоҳишингизга кўра ҳар қандай маълумот сир сақланади
4
Изоҳ қолдириш
Изоҳлар