Farg`ona va Samarqand viloyatlarida 15-16 noyabrdan sovuq suv va kanalizasiya xizmatlari narxi oshadi. Bu haqida “O`zsuvta`minot” ma`lum qildi.
Xabarga ko`ra, 16 noyabrdan Samarqand shahrida sovuq suv uchun yangi tariflar kuchga kiradi:
• aholi uchun — 1 kubometr uchun 2500 so`m;
• byudjet tashkilotlari uchun — 1 kubometr uchun 5700 so`m;
• ulgurji iste`molchilar uchun — 1 kubometri uchun 5700 so`m.
Kanalizasiya xizmatlari uchun tariflar:
• aholi uchun — 1 kubometr uchun 1600 so`m;
• byudjet tashkilotlari uchun — 1 kub metri uchun 4300 so`m;
• ulgurji iste`molchilar uchun — 1 kub metri uchun 4300 so`m.
Shuningdek, Farg`ona viloyatida esa 15 noyabrdan sovuq suv uchun yangi tariflar kuchga kiradi:
• aholi uchun — 1 kubometr uchun 1900 so`m;
• byudjet tashkilotlari uchun — 1 kubometri uchun 2991 so`m;
• ulgurji iste`molchilar uchun — 1 kubometri uchun 2991 so`m.
Kanalizasiya xizmatlari:
• aholi uchun — 1 kubometr uchun 450 so`m;
• byudjet tashkilotlari uchun — 1 kubometri uchun 777 so`m;
• ulgurji iste`molchilar uchun — 1 kubometri 777 so`m.
«Tariflarning oshishi xodimlarning ish haqi va soliq to`lovlari, elektr energiyasi uchun to`lovlar, kreditlarni qaytarish hamda tizimni ta`mirlash va modernizasiya qilish uchun mablag`ga bo`lgan ehtiyoj bilan bog`liq», — deyiladi "O`zsuvta`minot" xabarida.