“O`zLiDeP” deputati Doniyor G`aniev avtobusdan foydalanishni aholi uchun bepul qilish va shu orqali jamoat transportidan foydalanishni rag`batlantirish taklifini berdi. Deputatning ushbu taklifini amalda tatbiq etsa bo`ladimi?
Rost24.uz muxbiri Transport tizimini rivojlantirish loyihasi rahbariyatidan bu borada munosabat bildirishini so`radi.
«Jamoat transportini bepul qilish masalasi jahon tajribasida ba`zi shaharlarda amaliyotda qo`llanilgan. Lekin bir narsani hisobga olish kerak, hech narsa bepul bo`lmaydi. Bepul bo`lgan mahsulot yoki xizmatga kimdir pul to`lashi kerak, baribir. Shundan kelib chiqqan holda, bepul bo`lgan transport xizmati shahar yoki undagi soliq to`lovchilari bo`yniga yuklanadi. Bunday holatlarda soliq yuki, shaharda qilinishi kerak bo`lgan xarajatlar boshqa Dunyodagi eng arzon transport O`zbekistonda — rasmiy mutasadditomonga yo`naltiriladi.
Aslida, O`zbekiston, xususan, Toshkent shahrining jamoat transporti tariflari jamoat transport tizimiga ega 100 ta mamlakat orasida qimmatligi bo`yicha 98-o`rinda turadi. Bu degani, eng arzon tarif O`zbekistonda. Undan keyingi davlatlar: Suriya va Lixtenshteynda tekin. Shuning uchun ham bu taklifni, ya`ni byudjetga qo`shimcha yuklamani ko`paytirishni noo`rin deb hisoblayman», — deya javob berdi Transport tizimini kompleks rivojlantirish loyiha ofisi rahbari Murod Obidov.