O`zbekistonda ayrim yirik va mayda media axborot vositalarining davlat ulushi sotilmoqda. Ya`ni, Davlat aktivlarini boshqarish agentligi tomonidan keltirilgan ma`lumotga ko`ra, bir qancha nashriyot, gazeta va kabel televidenielari ochiq sotuvga qo`yilgan.
Sotuvga chiqarilgan axborot texnologiyalari yo`nalishidagi muassasalar ichida O`zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi Milliy agentligiga tegishli «Infocom.uz», Davlat aktivlarini boshqarish agentligiga 50 foizi qarashli bo`lgan «Uzdigital TV» MChJ kabi yirik tashkilotlar ham bor.
Shuningdek, savdoda yirik kompaniyalar bilan birgalikda, ko`pchilik tomonidan bugungi OAVning zamonaviy talablariga javob bera olmayapti, deya talqin qilinayotgan gazeta va jurnallar ham o`rin olgan.
«Ma`rifat», «Toshkent haqiqati», «Toshkent oqshomi», “Postda”, «Xabar» gazetasi DUK shular jumlasidandir. Bundan tashqari ayrim davlat nashriyotlari, xususan, «Ma`naviyat nashriyoti» DUK ham ochiq savdoga qo`yilgan.
Davlat ulushi sotilayotgan nashriyot, kabel televideniesi va gazetalarning umumiy soni 200 ga yaqin.