O`zbekiston fuqarolarini Rossiyadan olib ketishi kerak — rossiyalik deputat

20.10.2023 19:59

Rossiya Davlat Dumasi deputati Mixail Delyagin O`zbekiston rasmiylarini Rossiyadan fuqarolarini olib ketishga chaqirdi.

Avvalroq O`zbekiston prezidenti maslahatchisi Qahramon Quranboev Rossiya hukumatidan mamlakatda migrant bolalar uchun bog`cha va maktablar ochishga yordam berishni so`ragani haqida xabar bergandik.

“Govorit Moskva” radiosiga bergan intervyusida deputat Mixail Delyagin bu taklifni noqonuniy, deb atagan.

«O`zbekiston prezidentining maslahatchisi Rossiya Konstitusiyasi haqida hech narsa eshitmagan bo`lsa kerak. Unda odamlarni millatiga ko`ra kamsitish taqiqlangan. Faqat migrant bolalar uchun maktablar ochish Rossiya Federasiyasi fuqarolariga nisbatan kamsitish ekanligi aniq. Bu Rossiyani yo`q qilishga, avval begona, keyin esa dushman anklavlarni yaratishga qaratilgan, ataylab olib borilgan siyosatdir. Menimcha, O`zbekiston, albatta, bolalar bog`chalari va maktablarni qurishi kerak, lekin faqat o`z hududida. Aslida, ular Rossiyaga kirib kelgan migrantlarni qaytarib olib ketishlari lozim», — degan rossiyalik deputat.

@rost24_uz_bot — Хабар йўлланг. Сизнинг хоҳишингизга кўра ҳар қандай маълумот сир сақланади
9
Изоҳ қолдириш
Изоҳлар