Rossiya energetika tizimi mamlakatga kiritilgan sanksiyalar va Evropa davlatlarining Rossiya energiya manbalaridan voz kechishiga qaramay barqarorlikni saqlab qoldi. Keyingi bosqich Osiyo mamlakatlariga energiya etkazib berishni kengaytirish va sanoatning mutlaq suverenitetiga erishish bo`ladi, dedi Rossiya prezidenti Vladimir Putin Rossiya energetika haftaligining yalpi majlisida.
Shuningdek, Rossiya rahbari Qozog`iston orqali o`tuvchi “Markaziy Osiyo – Markaz” gaz transporti tizimi orqali O`zbekistonga Rossiya gazini etkazib berish boshlanganiga ham izoh berdi.
«Bu eski gaz quvuri. (U orqali) 80 milliard kub metr (hajimdagi gaz) sakkiz ittifoq respublikasiga tranzit qilingan. U hech qachon teskari rejimda ishlatilmagan, ya`ni Rossiyadan ushbu respublikalarga. (Rossiyaning) “Gazprom” kompaniyasi uch oy ishladi haida O`zbekiston va Qozog`iston bilan birga ushbu yo`nalishni tiklab, teskari rejimda ishga tushirdi. Bu kichik (gaz) hajmlar respublikalar uchun katta ahamiyatga ega, biroq ularning iqtisodlari o`sib borishi uchun etarli emas», — dedi Rossiya prezidenti.
Bundan tashqari, Putin Rossiya Eronga gaz etkazib berishni muhokama qilayotganiga ishora qildi: «Eronlik hamkorlar biz bilan Rossiya gazini Eron bozoriga etkazib berish imkoniyatlarini ham muhokama qilmoqda», — dedi u.