9 yoshida ingliz tili bo`yicha jahon chempioni bo`lgan o`zbekistonlik qiz

10.10.2023 08:57

Italiyada o`tkazilgan xalqaro HIPPO 2023 ingliz tili olimpiadasida Nigora To`ychiboeva g`olib bo`ldi.

11 yildan buyon o`tkaziladigan HIPPO Xalqaro olimpiadasida 60 dan ortiq davlat vakillari ishtirok etadi. 2023 yilda o`tkazilgan olimpiadada jami 67 ta davlatdan 83 295 ta o`quvchi ishtirok etdi, ularning 3000 nafarini o`zbekistonlik yoshlar tashkil qilgan. Olimpiadada qatnashgan 83 295 nafar ishtirokchining eng ko`p qismini Nigora ishtirok etgan “HIPPO LITTLE” yo`nalishidagilar tashkil etadi. Nigora esa ushbu olimpiadada 100 baldan 100% to`liq natija ko`rsatgan.

Rost24.uz muxbiri Sirdaryo viloyati Guliston shahridagi Nigora To`ychiboeva o`qiydigan “Ideal Study” xususiy maktabiga bordi.

Nigora To`ychiboeva

Nigora tabiatan kamgap, hamma narsaga, hatto yutuqlariga ham oddiy qaraydigan qiz ekan. Ammo ota–onasi va ustozining quvonchi cheksiz. Nigoraning opasi Nilufar ham ko`plab olimpiadalarda qatnashgan. Jumladan, HIPPO olimpiadasida ham o`zining yosh darajasi bo`yicha finalchi hisoblanadi.

Nilufar To`ychiboeva, opasi

Nigora maktabga kelganida, uning ingliz tili darajasi bog`cha yoshidagi bolalar qatori bo`lgan. Ammo Xalqaro IELTS darajadagi 4 ta bosqichni darslar bilan qo`shimcha tarzda rivojlantirib borgan hamda 9 yoshigacha nafaqat HIPPO, balki ko`plab O`zbekiston va Xalqaro olimpiadalarida ham yuqori o`rinlarni egallagan. Nigora hali xalqaro IELTS sertifikatini topshirmagan, ammo uning ustozi Malika Mamatovaning aytishicha, agar hozir Cefr yoki IELTS imtihoniga topshirsa bemalol 5,5 yoki 6 daraja olishi mumkin ekan.

Nigora uning ustozi Malika Mamatova

2019 yilgi HIPPO xalqaro olimpiadasida  O`zbekistondan  “Wunderkind Study” maktabining 5 sinf o`quvchisi Rustam Muhammadjonov eng yuqori ball, 101 ko`rsatkich bilan birinchi o`rinni egallab, Amerikaning Mizzou Academy maktabida 2 haftalik bepul ta`lim olish imkoniyati va xalqaro ingliz tili tashkilotlari  -  Pearson, IESOL tomonidan bir qancha sertifikatlarga ega bo`lgan edi.  Joriy yilda O`zbekistonning g`oliblik reytingi yana yangiladi.

@rost24_uz_bot — Хабар йўлланг. Сизнинг хоҳишингизга кўра ҳар қандай маълумот сир сақланади
5
Изоҳ қолдириш
Изоҳлар