Aslida, “Yandex.Go” ilovasini taqdim etuvchi Ridetech International B.V. kompaniyasi Niderlandiya Qirolligining rezidenti hisoblanadi.
Soliq qo`mitasining xabar berishicha, joriy yilning sentyabr oyida Ridetech International B.V. kompaniyasiga ikki oy muddatda o`z faoliyatini qonun hujjatlari asosida tashkil etish bo`yicha quyidagi talablar qo`yilgan:
1. Faoliyatni amalga oshirish uchun O`zbekiston Respublikasining soliq rezidenti sifatida ro`yxatdan o`tish va belgilangan soliqlarni to`lash;
2. Soliq organlari axborot tizimi bilan integrasiyalashuvni ta`minlash va mijozlarga avtomatik shakllantiriladigan fiskal chek taqdim etish.
«2023 yil 1 dekabrga qadar yuqoridagi talablar bajarilmagan taqdirda, Soliq qo`mitasi Raqamli texnologiyalar vazirligiga “Yandex.Go” kompaniyasining O`zbekiston hududida agregator sifatida foydalanib kelinayotgan elektron Platformadan foydalanish bloklanadi», — deb xabar berdi Soliq qo`mitasi.
Aslida, “Yandex.Go” ilovasini taqdim etuvchi Ridetech International B.V. kompaniyasi Niderlandiya Qirolligining rezidenti hisoblanadi.
2001 yil 18 yanvarda O`zbekiston va Niderlandiya Qirolligi o`rtasida daromadlarga ikki tomonlama soliq solishga yo`l qo`ymaslik hamda daromad va kapitalga soliq to`lashdan bo`yin tovlashning oldini olish to`g`risidagi konvensiyaga muvofiq, royalti daromadiga soliq stavkasi 0% ga tushirilgan.
Shu munosabat bilan kompaniyaning O`zbekistondagi manbalardan olingan daromadlari O`zbekistonda soliqqa tortilmac edi. O`z navbatida, agregatorlar Soliq kodeksining faqat 237-moddasiga muvofiq umumiy belgilangan soliqlarni to`laydi.