Gulnora Karimova she`riga bastalangan qo`shiq tarixi

05.10.2023 10:59

Baxtiyor Rahmonov ijod olamiga kirib kelgan davrdanoq muxlislar qalbidan joy egallagan. Uning repertuarida hech kimnikiga o`xshamaydigan qo`shiqlar mavjud. 

Rost24.uz Baxtiyor Rahmonov bilan qo`shiqlarning yaralish tarixi haqida suhbatlashdi.

— Baxtiyor aka, qo`shiqlaringizning she`rlarini kim yozib beradi?

— Hech kim yozib bermaydi. Men she`riy kitoblar o`qishni yaxshi ko`raman. Ularni o`qib o`tirganda menga manzur kelgan, ichimdagi haqiqat bilan mutanosib bo`lgan so`zlarga kuy bastalab, qo`shiq yarataman.

Baxtiyor Rahmonovning “Alla” qo`shig`ida ro`mol va unga qarshi siyosat haqida so`z boradi.

— Ushbu mavzu o`sha davrda aktual bo`lgani sababli bir shoirning she`ri manzur kelib, uni kuylaganman. Bu kimgadir qarshi chiqib aytilgan qo`shiq emas, men ham ba`zida haqiqatni kuylashga qo`rqaman.

Baxtiyor Rahmonov konsertlarini kichikroq zallarda, jonli ijro bilan o`tkazadi.

— 10-15 ming odam to`planadigan zallar katta hisoblanadi, lekin o`sha tomoshabinlarning qanchasi siz aytmoqchi bo`lgan qo`shiqlarni tushunadi? Balkim 100 ta, balkim 200 ta. Menimcha, ana o`shalar haqiqiy tomoshabin. Jonli ijro masalasiga kelsak men muxlislar oldida fonogrammada qo`shiq aytishga uyalaman.

Shuningdek, Baxtiyor Rahmonov o`zi bilmagan holda Gulnora Karimovaning she`ridan qo`shiq kuylagani haqida gapirib berdi.

— “Quyosh porlamoq uchun” so`zlari Gulnora Karimova qalamiga mansub. U bu she`rni rus tilida yozgan, keyin “Jannatmakon” jurnalistlari uni tarjima qilib, saytga joylagan. Mening bir tanishim Shekspirning sonatlari yozilgan kitob berdi, unda “Quyosh porlamoq uchun”ning 4 qatori yozib qo`yilgan ekan. Men unga kuy bastaladim. Qo`shiq Gulnora Karimovaning o`zigacha etib boribdi, keyin meni tadbirlarga chaqirish boshlandi, odamlar negadir bu qo`shiqni juda ham boshqacha qabul qiladi.

Shuningdek, Baxtiyor Rahmonov kitob haqida ham qo`shiq kuylagan.

«Rost24.uz'ni kuzatadigan 95 foiz odamlar kitob haqida qo`shiq kuylaganimni bilmasligiga aminman», — deydi Baxtiyor Rahmonov ushbu qo`shiqni kuylab berar ekan.

Suhbatni to`liq holda yuqorida ilova qilingan video orqali tomosha qilishingiz mumkin.

@rost24_uz_bot — Хабар йўлланг. Сизнинг хоҳишингизга кўра ҳар қандай маълумот сир сақланади
0
Изоҳ қолдириш
Изоҳлар