Jahon iqtisodiyotida O`zbekiston ulushi 0.09 foizni tashkil etdi

03.10.2023 15:30

Xalqaro Valyuta Fondi 2023 yilda dunyo mamlakatlarining yalpi ichki mahsuloti (YaIM) hajmi (105 trln dollarga etganini ma`lum qildi.

Ushbu ko`rsatkichda O`zbekiston ulushi 0.09 foizni tashkil etib, 71-o`rindan joy olgan (YaIM 92 mlrd dollar).

Jahon iqtisodiyotining 25,5 foiz ulushiga AQSh egalik qilib, reytingda birinchi o`rinni egallagan (YaIM 26,9 trln dollar). Ikkinchi o`rinni 18,4 foiz ulush bilan Xitoy (YaIM 19,3 trln dollar), uchinchi o`rinni esa Yaponiya (YaIM 4,41 trln dollar) egallab turibdi. 

Hindiston 2023 yilda 3,7 trillion dollarlik yalpi ichki mahsulot hajmi bilan Buyuk Britaniyadan o`tib, beshinchi yirik iqtisodiyotga aylanishi kutilmoqda.

Shuningdek, Rossiya reytingda11-o`rinni oldi: YaIM hajmi 2 trln dollar, jahon iqtisodiyotidagi ulushi 1,96%. 

Qo`shnilarimizning jahon iqtisodiyotidagi ulushi:

•Qozog`iston 52-o`rin: YaIM 246 mlrd dollar, JI ulushi 0,23%;

•Turkmaniston 74-o`rin: YaIM 83 mlrd dollar, JI ulushi 0,08%;

•Tojikiston 142-o`rin: YaIM 13 mlrd dollar, JI ulushi 0,01%;

•Qirg`iz Respublikasi 143-o`rin: YaIM 12 mlrd dollar, JI ulushi 0,01%.

@rost24_uz_bot — Хабар йўлланг. Сизнинг хоҳишингизга кўра ҳар қандай маълумот сир сақланади
4
Изоҳ қолдириш
Изоҳлар