Yuzini to`sib yurganlik uchun javobgarlik belgilanmoqda

30.09.2023 18:56

Yuzini to`sib yurganlik va ko`pxotinlilikni targ`ib qilganlik uchun javobgarlik belgilanmoqda.

Bu yangilikdan “Xavfsiz shahar” konsepsiyasi doirasida joriy etilgan axborot dasturlarining samaradorligini yanada oshirish maqsad qilingani aytilmoqda.

Unga ko`ra,  jamoat joylarida shaxsini identifikasiya qilish imkonini bermaydigan darajada yuzini to`sgan holda bo`lganlik uchun ma`muriy javobgarlik chorasi kiritiladi. 

Bugun,  30 sentyabr kuni Oliy Majlis Senatining qirq beshinchi yalpi majlisida mazkur masala muhokama qilindi. Bu haqda yalpi majlisda senatorlar tomonidan ma`qullangan “O`zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksiga va O`zbekiston Respublikasining Ma`muriy javobgarlik to`g`risidagi kodeksiga o`zgartirish va qo`shimchalar kiritish haqida"gi qonunda keltirilgan.

Qonunda javobgarlikni istisno qiluvchi holatlar ham inobatga olingan. Senat raisi Tanzila Norboeva milliy urf-odatlar va diniy qadriyatlar e`zozlanishi, lekin shu bilan birga, jamiyatimiz, davlatimizda hayotida qonun ustuvorligi haqida so`zlab, O`zbekiston fuqarosi bo`lgan har qanday shaxs bunga so`zsiz rioya qilishi shartligini ta`kidlagan.

Qonunda ko`pxotinlik, faqat shar`iy nikoh bilan yashash holatlari, uning "afzalliklari"ni reklama, turli ko`ngilochar ko`rsatuvlar orqali targ`ib qilishga nisbatan ham ma`muriy va jinoiy javobgarlik belgilanishi ham ko`zda tutilgan.

Shuningdek, ikki yoki undan ortiq xotin bilan er-xotin bo`lib yashashni targ`ib qilganlik, xotin-qizlar va erkaklar teng huquqliligini ochiqdan-ochiq inkor etganlik uchun ma`muriy javobgarlik belgilanmoqda.

@rost24_uz_bot — Хабар йўлланг. Сизнинг хоҳишингизга кўра ҳар қандай маълумот сир сақланади
4
Изоҳ қолдириш
Изоҳлар