Shveysariya Bosh prokuraturasi Gulnora Karimovaga oid tergov yakunlangani va ish sudga oshirilganini ma`lum qildi.
Bosh prokuratura uni va yana bir jinoiy sherigini pora olish, pul yuvish, hujjatlarni qalbakilashtirishda ayblamoqda.
Xabarga ko`ra, G.Karimovaga tegishli 340 mln franklik aktivlar O`zbekistonga qaytarish maqsadida musodara qilingan.
Ayni paytda esa Gulnora Karimova va yana bir ayblanuvchiga qarshi sud jarayonida 440 mln frank (5,8 trln so`m) ka teng mol-mulk musodara qilinishi kutilmoqda.
Gulnora Karimovaning qizi Iman Karimova esa bu ayblovlarga qarshi turishini bildirdi.
«Biz unga qarshi qo`yilgan barcha ayblovlarga qarshi chiqish va uning oqlanishi uchun astoydil kurashish niyatidamiz. Afsuski OAV tomonidan yillar davomida tarqatilgan yolg`on xabarlar va buzib ko`rsatilgan ma`lumotlar Gulnora Karimova imijiga putur etkazdi. Ammo Fond Forum orqali butun yillarini mamlakatning ijtimoiy iqtisodiy sharoitini yaxshilash, o`zbek madaniyati va san`atini xalqaro miqyosda targ`ib etishga bag`ishlagani u o`z Vatani va xalqini qattiq sevishini bildiradi», — deb yozdi Iman Karimova instagram sahifasida.