Unga ko`ra, “Barselona” keyingi uch yilda “Liverpul”dan biror o`yinchini oladigan bo`lsa, har qanday kelishuv uchun 89 million funt miqdorida ustama to`lashi belgilab qo`yilgan.
Endi 2021 yilning yozida bu talab o`z kuchini yo`qotadi. Shu tariqa Lionel Messini Kataloniyada qolishga ko`ndira olmayotgan “Barsa” xo`jayinlari kelasi yozda o`zlari mo`ljallab yurgan “Liverpul” yulduzlarini transfer qilish imkoniga ega bo`ladi.
Kataloniyaliklar “Liverpul”dan ketmoqchi bo`lib yurgan Muhammad Saloh yoki Sadio Maneni o`z tarkibiga qo`shib olishni rejalashtirmoqda.