Central Asian University Prezidentning sobiq maslahatchisi qatnashgan janjalga izoh berdi

24.09.2023 12:02

Central Asian University (sobiq Akfa) universitetida mazkur oliygoh rahbariyati  va ota-onalar o`rtasida bo`lgan janjallar videosi tarqaldi. Unda prezidetning sobiq maslahatchisi hozirda ushbu universitetda faoliyat yuritayotgan Abdujabbor Abduvohidov ham aralashgan.

Central Asian University ushbu videodagi vaziyatga Rasmiy bayonot tarzida izoh berdi.

Bayonotga ko`ra, Akfa universitetining sobiq rektori B.J. tomonidan 2 yil oldin ta`ssischidan yashirin holda MChJ tashkil etib,  ota-onalar bilan shartnoma tuzgan.

«Shartnomaga muvofiq ota-onalarga ularning farzandlari maktabning 10−11-sinflarida o`qish bilan bir vaqtning o`zida Akfa universitetining 1-bosqichini o`qib tugatishi va maktabni bitirishi bilanoq universitetning 2-bosqichiga qabul qilinishi MChJ tomonidan va`da qilingan va ota-onalar ushbu xizmat evaziga MChJ hisob raqamiga muayyan to`lovlarni qilishgan. O`quvchilarni maktabda o`qib turgan vaqtida universitet dasturlariga qabul qilish ham qonunchilikka zid», – deyiladi bayonotda.

Central Asian University ushbu ish yuzasidan xuquqni muhofaza qiluvchi organlar, xususan Mirzo Ulug`bek tuman prokuraturasi tomonidan jinoiy ish qo`zg`atilganini, jabrlanuvchilar ham prokuraturaga murojaat qilishlari mumkinligini ma`lum qilgan.

Universitet bergan bayonotda qo`lida shahodatnomalari (11-sinf) bo`lgan bolalarni tez kunlarda o`rnatilgan tartibda universitetning 1-bosqichiga qo`shimcha qabul qilishini ham eslatib o`tgan.

@rost24_uz_bot — Хабар йўлланг. Сизнинг хоҳишингизга кўра ҳар қандай маълумот сир сақланади
7
Изоҳ қолдириш
Изоҳлар