Butunjahon hunarmandlar kengashi prezidenti Qo`qon festivaliga yuksak baho berdi

23.09.2023 11:15

Ayni paytda Qo`qon shahrida ikkinchi xalqaro hunarmandchilik festivali bo`lib o`tmoqda

Festivalga 70 dan ortiq mamlakatdan ustazoda hunarmandlar, xalq amaliy san`ati ustalari, mutaxassislar, faxriy mehmonlar, madaniyat va san`at namoyondalari tashrif buyurishgan.

Madaniyat vazirligi, “Hunarmand” uyushmasi va Farg`ona viloyati hokimligi hamkorligida o`tkazilayotgan festivalda mamlakatning barcha hududlaridan mingga yaqin hunarmandlar qatnashib, mahsulotlarini namoyish etmoqda.

21 sentyabr kuni boshlanib, ishtirokchilarning tantanali yurishlari, mahalliy va xorijiy hunarmandlarning mahsulotlari ko`rgazma-savdosi, “An`anaviy badiiy hunarmandchilikni saqlash va rivojlantirish sohasida jahon amaliyoti” mavzusida ilmiy konferensiya, xalqaro va o`zbekistonlik hunarmand-dizaynerlar ishtirokidagi modalar namoyishi, xalq sayillari, “O`zbekiston hunarmandchiligi” kitob-albomi taqdimoti o`tkazilishi, Qo`qonda xalqaro hunarmandchilik muzeyi ochilishi, Farg`onaning madaniy-ko`ngilochar joylari va turistik marshrutlari bo`ylab sayohatlar tashkil etilishi nazarda tutilgan festival bugun o`z yakuniga etadi.

Xalqaro hay`at tomonidan ko`rik-tanlov ishtirokchilarining mahsulotlari ko`rgazmasi va mahorat darslari 5 ta nominasiya bo`yicha baholanadi.

Festival doirasida o`tkaziladigan ko`rik-tanlov g`oliblari maxsus diplom va 2 ming dollardan 7 ming dollargacha miqdorda pul mukofotlari bilan taqdirlanishi kutilmoqda.

Festivalda ishtirok etgan Butunjahon hunarmandlar kengashi prezidenti Saad Al Qaddumiy tadbirga yuksak baho bergan.

@rost24_uz_bot — Хабар йўлланг. Сизнинг хоҳишингизга кўра ҳар қандай маълумот сир сақланади
0
Изоҳ қолдириш
Изоҳлар