Qishloq ayollarining sentyabr, oktyabr oyidagi daromadi asosan paxta terim mavsumidan bo`ladi. Ular bu mavsumda 10-20 mln so`mgacha ishlab ro`zg`orining kamini to`ldiradi.
Rost24.uz jamoasi dalada paxta terayotgan ayollarning paxta terishdagi qiyinchiliklari, paxta pullari vaqtida berilyaptimi kabi savollar bilan qiziqib, jarayonlarda bevosita qatnashdi.
Bundan tashqari ayollarga "O`tgan yilgi paxta mavsumida ishlagan mablag`ingizdan o`zingiz uchun nima xarid qilgansiz?" degan savolni ham berdik. Ayollar esa "Oilamga, farzandlarimning o`qishi uchun sarflayman.." degan javoblarni berishdi.
Har yili paxta terimi oldidan 1 kg paxta uchun belgilanagan narxlar bu yil kechikdi. Ammo narxlar kechikishi ularni daladagi paxtani termasligi uchun sabab bo`la olmaydi. Biz suhbatlashgan ayollardan biri "Hali paxta narxi chiqmadi, lekin terim mavsumi boshlandimi, yog`ingarchilikka qolmay paxtani terib olishimiz kerak", deydi.
Ma`lumot uchun, bu yil paxta terim uchun belgilanadigan narxlarni fermerlar taklif qilishi aytilgan edi. Ammo hali ham paxta narxi birinchi terim uchun falon so`m degan, xabarlar ko`zga tashlanmadi. Mas`ullar dalada mehnat qilayotgan ayollarning mehnatini to`g`ri baholab, narxlarni tezroq chiqarib beradi, deb umid qilamiz.