Konvertasiya balosi yana qaytishi mumkinmi?

16.09.2023 11:08

O`zbekiston Markaziy banki 18 sentyabrdan boshlab tijorat banklari uchun valyuta operasiyalariga qo`yiladigan talablarni kuchaytirmoqda.

"Gazeta.uz"ning xabar berishicha, bu haqdagi qaror 15 sentyabr kuni Markaziy bankning Bank nazorati qo`mitasi o`tkazgan yig`ilishida, so`ngra tartibga soluvchi organ rahbariyati tomonidan qabul qilingan.

Qarorga ko`ra, 18 sentyabrdan tadbirkorlik sub`ektlarining valyuta operasiyalari faqat asosiy hisobvaraq ochilgan banklar orqali amalga oshiriladi. Konvertasiya uchun milliy valyutadagi mablag`larni boshqa banklardagi ikkilamchi hisobvaraqlariga o`tkazish ham taqiqlanadi.

O`zbekistonlik iqtisodchilardan bir nechtasi mazkur qarorga ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarida o`z munosabatini bildirdi.

Otabek Bakirov - iqtisodchi, "Bakiroo" telegram kanali yurituvchisi:

Avvalambor, shaxsan men bu Markaziy bankda qabul qilingan qaror deb o`ylamayman. Chunki qonun bo`yicha mustaqil Markaziy bankda bunday qarorlar qabul qilinishi mumkin emas, agar qabul qilingan bo`lsa, demak Markaziy bank mustaqilligini butunlay yo`qotib bo`lgan.

Bu dejavyu, o`ta qo`rqinchli takror. Agar bu cheklovlarga indamay rozi bo`lib ketaversak, oxirgi 27 yilda ikkinchi va uchinchi marta bir dahshatli xatoni takrorlashga ko`nsak, demak, xalq va millat o`laroq erkin iqtisodiet, ochiq bozor va huquqiy davlat qurishga haqli emasmiz. Shaxsan men bunga rozi emasman. Rozi bo`lmayman!

Abdulla Abduqodirov - iqtisodchi, sobiq moliya vaziri o`rinbosari:

Taklif qilinayotgan choralar byudjet tushumlariga vaqtincha ijobiy ta`sir ko`rsatib, 5 oydan keyin yana masalani ko`ndalang qo`yadi: ishlab chiqarish xajmi torayishi, soliqlar va tashqi savdo tushumi kamayishi, import kuchayishi, real daromadlar tushishi, byudjetdan umidlar o`sishi. Charxpalak!

Behzod Hoshimov - iqtisodchi, tadbirkor:

Bozorni cheklash uchun qancha yaxshi niyat qilinmasin, baribir noto`g`ri bo`lib chiqadi. Afsus.

@rost24_uz_bot — Хабар йўлланг. Сизнинг хоҳишингизга кўра ҳар қандай маълумот сир сақланади
1
Изоҳ қолдириш
Изоҳлар