O`zbekiston Markaziy banki tomonidan OSON xalqaro pul o`tkazmalarini amalga oshirish bilan shug`ullanuvchi kompaniyasi faoliyati 5 sentyabrdan to`xtatilishi haqida ogohlantirilgan.
Markaziy bankning ma`lum qilishicha, to`lov operasiyalarini amalga oshirishda jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish to`g`risidagi qonunchilik hujjatlarining talablarini buzganligi uchun “BRIO GROUP” MChJ (OSON) to`lov tashkilotiga nisbatan jarima sanksiyasi qo`llanilgan.
Shu bilan birga, boshqa to`lov tashkilotlari va ularga xizmat ko`rsatuvchi banklar ham shu kabi qoidabuzarliklarga yo`l qo`ygan taqdirda, Markaziy bank tomonidan ularga nisbatan qat`iy choralar ko`rilishi to`g`risida ogohlantirildi.
OSON ilovasi, ya`ni, “BRIO GROUP” MChJ rahbarining Gazeta.uz'ga ma`lum qilishicha, OSON va boshqa to`lov tashkilotlari Markaziy bankdan 5 sentyabrdan boshlab transchegaraviy davlatlararo tranzit operasiyalar taqiqlanishi haqida xat olgan.
Bu xalqaro pul o`tkazmalari va xorijiy kompaniyalar xizmatlari uchun to`lovlar hamda shu kabi operasiyalarni amalga oshirishning to`xtalishini anglatadi.