Meksika orqali AQShga kirgan o`zbekistonliklar tergovda

31.08.2023 10:23

CNN xabariga ko`ra, Federal qidiruv byurosi AQShdan boshpana so`rab Meksika orqali kirgan o`ndan ziyod O`zbekiston fuqarosini tergov qilmoqda. Razvedka ma`lumotlariga qaraganda, ular AQShning janubiy chegarasiga IShIDga aloqador kontrabanda guruhi yordamida etib kelgan.

Garchi IShIDning aniq rejasiga doir biror ma`lumot bo`lmasa-da, byuro o`zbekistonliklarni atroflicha tergovdan o`tkazishga qaror qilgan.

CNNning yozishicha, shu yil boshida O`zbekistondan kelgan muhojirlar guruhi boshpana so`rab, AQSh rasmiylariga murojaat qilgan. Shundan so`ng ular Ichki xavfsizlik departamenti tomonidan tekshirilgan va sudgacha AQShga qo`yib yuborilgan.

Keyinchalik, FQB chet el fuqarolariga AQShga sayohat qilishda yordam beradigan odam kontrabandasi tarmog`i mavjudligi va bu tarmoqning IShID bilan aloqasi bo`lgan kamida bitta shaxsni o`z ichiga olganini aniqlagach, butun mamlakat bo`ylab muhojirlarni topishni va ularning kelib chiqishini tekshirishni boshlagan.

AQSh rasmiylariga ko`ra, IShIDga aloqador kontrabandachi terror guruhining a`zosi emas, balki tashkilotga shaxsiy xayrixohlik bildiruvchi mustaqil pudratchiga o`xshaydi. Hozirda razvedka hamjamiyatining fikricha, u IShID buyrug`i bilan bu shaxslarga yordam bergan bo`lishi dargumon.

CNN AQSh rasmiysiga tayanib yozishicha, kuzatilgan 15 dan ortiq muhojir hamon FQB tomonidan jinoiy tahdid sifatida tekshirilmoqda.

AQSh bojxona va chegara himoyasi ma`lumotlariga ko`ra, iyul oyida chegara idoralari AQShning janubiy chegarasida 183 000 dan ortiq muhojirlarga duch kelgan.

@rost24_uz_bot — Хабар йўлланг. Сизнинг хоҳишингизга кўра ҳар қандай маълумот сир сақланади
6
Изоҳ қолдириш
Изоҳлар