Mirziyoev Mustaqillik bayrami arafasida bir qator soha xodimlarini mukofotladi

26.08.2023 22:09

“O`zbekiston Respublikasi mustaqilligining o`ttiz ikki yilligi munosabati bilan fan, ta`lim, sog`liqni saqlash, adabiyot, madaniyat, san`at sohalari va ommaviy axborot vositalari xodimlaridan bir guruhini mukofotlash to`g`risida”gi prezident farmoni qabul qilindi. Mazkur hujjat bilan quyidagilar faxriy unvonlar bilan taqdirlandi:

        «O`zbekiston Respublikasi fan arbobi» faxriy unvoni bilan

Azamov Abdulla - O`zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining Matematika instituti laboratoriya mudiri

Gulamov Kadir Gafurovich - O`zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining Fizika-texnika instituti bosh ilmiy xodimi

Zaxidov Anvar Abdulaxadovich - Amerika Qo`shma Shtatlarining Dallas shahridagi Texas universiteti professori

 

«O`zbekiston Respublikasi xalq baxshisi» faxriy unvoni bilan

Urolov Erkin Yunusovich - Qarshi ixtisoslashtirilgan san`at maktabi o`qituvchisi, baxshi, Qashqadaryo viloyati

 

«O`zbekiston Respublikasi xalq rassomi» faxriy unvoni bilan

Mamadjanov Anvar Alimjanovich - O`zbekiston Badiiy ijodkorlar uyushmasi a`zosi, grafik rassom

Mansurov Imyar Idrisovich - O`zbekiston Badiiy ijodkorlar uyushmasi a`zosi, rangtasvirchi rassom

 

«O`zbekiston Respublikasi xalq ustasi» faxriy unvoni bilan

Djumaev Baxshillo Shirinovich - Respublika «Hunarmand» uyushmasi a`zosi, zardo`z-usta, Buxoro viloyati
 

«O`zbekiston Respublikasi xalq shoiri» faxriy unvoni bilan

Sherov Abdulla - O`zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a`zosi, shoir

 

«O`zbekiston Respublikasida xizmat ko`rsatgan artist» faxriy unvoni bilan

Djurabaeva Charosoy Xosiljanovna - «Tumor» raqs ansambli badiiy rahbari, baletmeyster

Kubaeva Dilnoza Okilbekovna - O`zbek Milliy akademik drama teatri aktrisasi

Penkova Anastasiya Vasilevna -O`zbekiston davlat akademik rus drama teatri aktrisasi

 

«O`zbekiston Respublikasida xizmat ko`rsatgan yoshlar murabbiysi» faxriy unvoni bilan

Ansatbaev Najimatdin - O`zbekiston davlat san`at va madaniyat institutining Nukus filiali rejissyorlik va aktyorlik mahorati kafedrasi professori, Qoraqalpog`iston Respublikasi

Askarov Axmadali - Toshkent davlat pedagogika universitetining O`zbekiston tarixi kafedrasi professori, akademik

Iskandarov Sadulla -O`zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi akademigi

Kamilov Erkinboy -O`zbek Milliy akademik drama teatri aktyori

Kenjabaev Kamchibek - O`zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a`zosi, yozuvchi, Andijon viloyati

Salimov Oqil Umurzoqovich -Iste`dodli yoshlarni qo`llab-quvvatlash «Ulug`bek» jamg`armasi rahbari

Xakimov Akbar Abdullaevich -O`zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining San`atshunoslik instituti tasviriy va amaliy bezak san`ati bo`limi mudiri

 

«O`zbekiston Respublikasida xizmat ko`rsatgan madaniyat xodimi» faxriy unvoni bilan

Jo`raeva Sanobarxon Raxmonovna - Asaka tumani madaniyat bo`limi qoshidagi ansambl xonandasi, Andijon viloyati

To`raev Aziz Oppoqovich -«Mehr va muruvvat» jamoat fondi raisi

Eshbekov Yuldash -O`zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a`zosi, shoir
 

«El-yurt hurmati» ordeni bilan

Bobomurodova Xosiyat -Samarqand davlat universiteti qoshidagi aniq fanlarga ixtisoslashgan maktabning ma`naviy-ma`rifiy ishlar targ`ibotchisi

Inoyatov Sulaymon Inoyatovich -Buxoro davlat universitetining yurisprudensiya va ijtimoiy-siyosiy fanlar kafedrasi professori, Buxoro viloyati

Madreimov Polat Shamshetovich -«Ayqulash» Qoraqalpoq davlat milliy folklor ansambli bosh baletmeysteri, Qoraqalpog`iston Respublikasi

Matyakubova Gavxar - O`zbekiston davlat filarmoniyasining Xorazm viloyati bo`linmasi sahnalashtiruvchi baletmeysteri

Sagdiev Yodgar Xabibovich - O`zbek Milliy akademik drama teatri direktori

Salimov Olimjon - O`zbekiston davlat drama teatri bosh rejissyori

Usmonova Yulduz Ibragimovna - «O`zbekkonsert» davlat muassasasi xonandasi

Xasanova Muxtaram Urushovna - Boyovut tumanidagi 19-umumiy o`rta ta`lim maktabi direktori, Sirdaryo viloyati

 

«Fidokorona xizmatlari uchun» ordeni bilan

Azizov Turgun Tursunovich - O`zbek Milliy akademik drama teatri aktyori

Djalilov Ismaildjan Tulyaganovich - O`zbekiston davlat konservatoriyasining akademik xonandalik va opera tayyorlovi kafedrasi professori

Musakov Zulfixar Djalalovich - «O`zbekfilm» kinokonserni» davlat unitar korxonasi postanovkachi kinorejissyori

 

«Mehnat shuhrati» ordeni bilan

Abdullaeva Azatxon - Sirdaryo viloyati musiqali drama teatri aktrisasi

Abdullaeva Munavvara - O`zbekiston davlat san`at va madaniyat institutining musiqali, dramatik teatr va kino san`ati kafedrasi professori

Allamuratov Mengnar Mamayusupovich - O`zbekiston Yozuvchilar uyushmasining Surxondaryo viloyati bo`limi rahbari, shoir

Zakirov Raxmatilla Xusanovich - O`zbekiston Badiiy ijodkorlar uyushmasi a`zosi, milliy musiqa cholg`ulari ustasi

Zaripova Karima Faxritdinovna - Karim Zaripov nomidagi Respublika estrada va sirk kolleji direktori

Irismetov Murodjon Ergashevich - Respublika ixtisoslashtirilgan travmatologiya va ortopediya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi direktori

Kamilov Mirzayan Mirzaaxmedovich - Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti professori, akademik

Kayumova Adinaxon Zakirovna - Respublika «Hunarmand» uyushmasi a`zosi, do`ppido`z, Andijon viloyati

Qo`ziev Toir Asqarovich - V.Uspenskiy nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan musiqa maktabining an`anaviy ijrochilik bo`limi o`qituvchisi

Nishanov Baxodir Isanovich - O`zbekiston davlat yosh tomoshabinlar teatri aktyori

Radjabov Kaxramon Kendjaevich - O`zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining Tarix instituti bosh ilmiy xodimi

Usmanova Malika Shamsutdinovna - Toshkent shahar perinatal markazi direktorining neonatal xizmati bo`yicha o`rinbosari

Ergashev Orzikul Muratovich - O`zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a`zosi, yozuvchi

 

I darajali «Sog`lom avlod uchun» ordeni bilan

Djabbarova Yulduz Qosimovna - Toshkent pediatriya tibbiyot institutining kafedra professori

 

«Do`stlik» ordeni bilan

Abdiev Allanazar Idireysovich - O`zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a`zosi, yozuvchi, Qoraqalpog`iston Respublikasi

Abdullaeva Umida Zakirjanovna - Yashnobod tumanidagi 77-ixtisoslashtirilgan ko`zi ojizlar maktab-internatining ona tili va adabiyot fani o`qituvchisi, Toshkent shahri

Agzamov Miraziz Mirganievich - O`zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a`zosi, shoir

Agzamxodjaev Saidakbar Saidovich - O`zbekiston xalqaro islom akademiyasining islom tarixi va manbashunosligi kafedrasi professori

Azatova Feruza Muratalievna - O`zbekiston davlat filarmoniyasining «Shodlik» ashula va raqs ansambli baletmeysteri

Azimov Sharif Tursunovich - Respublika «Hunarmand» uyushmasi a`zosi, kulol, Samarqand viloyati

Alemasov Viktor Aleksandrovich - O`zbekiston davlat san`at va madaniyat institutining madaniyat va san`at menejmenti kafedrasi professori

Babaxanova Danisiya Dayanovna - O`zbekiston davlat drama teatri aktrisasi

Vildanov Djiangir Rumilevich - Karim Zaripov nomidagi Respublika estrada va sirk kollejining estrada aktyorligi bo`limi katta o`qituvchisi

G`oziev Yunusali - Marhamat tumanidagi «Andijon samosi» xalq havaskorlik dorbozlar guruhi badiiy rahbari, Andijon viloyati

Davronov Behzod Damirovich - Rossiya Federasiyasi davlat akademik katta teatri opera solisti

Jabborov Nurboy Abdulxakimovich - Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o`zbek tili va adabiyoti universitetining o`zbek adabiyoti tarixi va matnshunoslik kafedrasi mudiri

Zunnunova Sevara Zakirjonovna - O`zbek Milliy akademik drama teatri modeler rassomi

Irzaev Bahrom Shaymamatovich - O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Qatag`on qurbonlari xotirasi davlat muzeyi bosh ilmiy xodimi

Ismatullaeva Barnoxon Adiljon qizi - Germaniya Federativ Respublikasi Gannover davlat opera teatri solisti

Israilov Anvar Shavkatovich - Respublika «Hunarmand» uyushmasi a`zosi, naqqosh, miniatyurachi rassom, Toshkent shahri

Israilov Umid Shavkatovich - Alisher Navoiy nomidagi O`zbekiston davlat akademik katta teatri opera solisti

Kasimov Rifatilla Kudratullaevich - Yunus Rajabiy nomidagi O`zbek milliy musiqa san`ati institutining maqom cholg`u ijrochiligi kafedrasi professori

Kim Lyudmila Sergeevna - Guliston ixtisoslashtirilgan san`at maktabi o`qituvchisi, Sirdaryo viloyati

Kuchiev Ismatboy - O`zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a`zosi, yozuvchi, publisist

Quvatov Umriuzoq Yuldashovich - O`zbekiston davlat filarmoniyasining Qashqadaryo viloyati bo`linmasi xonandasi

Quchqorova Muhabbat Uzoqovna - Respublika «Hunarmand» uyushmasi a`zosi, kashtado`z, Buxoro viloyati

Mamatova Shirin Mamadjanovna - «O`zbekkonsert» davlat muassasasi xonandasi

Mannapov Sultanbek - Farg`ona davlat universitetining musiqa ta`limi kafedrasi mudiri, professor, Farg`ona viloyati

Meldebekov Akjol Meldebekovich - Botir Zokirov nomidagi milliy estrada san`ati institutining estrada xonandaligi kafedrasi katta o`qituvchisi

Milova Violetta Fedorovna - R.Glier nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan musiqa maktabining maxsus fortepiano bo`limi o`qituvchisi

Mirzaev Akmaljon Burxanovich - Farg`ona viloyati musiqali drama teatri aktyori

Muqimov Kamil - O`zbekiston Milliy universiteti professori, akademik

Murodov Shonosir Shoazizovich - Respublika ixtisoslashtirilgan dizayn maktabi uslubchisi

Najmiev Amridin - O`zbekiston Badiiy ijodkorlar uyushmasi a`zosi, ganchkor usta, Samarqand viloyati

Nazarimbetov Bazarbay Matjanovich - Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat akademik musiqali teatri vokal artisti, Qoraqalpog`iston Respublikasi

Nasimov Xilol Tulkunovich - O`zbekiston kinoarboblari ijodiy uyushmasi a`zosi, postanovkachi rejissyor

Nematov Zikrillo Xayrievich - O`zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a`zosi, shoir

Pogorelova Olga Vasilevna - Samarqand davlat muzey-qo`riqxonasining numizmatika va maxsus saqlash fondi ilmiy xodimi

Raxmanov Karimbay - O`zbekiston davlat filarmoniyasining Xorazm viloyati bo`linmasi direktori

Rustamxo`jaev Shokirxon Shodmonxo`ja o`g`li - Adabiyotshunos, matnshunos, Andijon viloyati

Risyukova Yuliya Vasilevna - O`zbekiston Respublikasi Ta`limni rivojlantirish respublika ilmiy-metodik markazi direktorining o`rinbosari

Sultanova Shaxnoza Abduvaxitovna - Toshkent davlat texnika universitetining mashinasozlik fakulteti dekani

Saydumarov Murtazo Gozievich - Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o`zbek tili va adabiyoti universitetining xorijiy tillar kafedrasi dosenti

Salimov Shokaxxor Muxabbatovich - O`zbekiston Jurnalistlar uyushmasi a`zosi, publisist

Safyanova Venera Muzagidovna - O`zbekiston davlat yosh tomoshabinlar teatri aktrisasi

Turabdjanov Sadritdin Maxamatdinovich - Toshkent davlat texnika universiteti rektori, professor

Utepbergenova Bibirabiga - Qoraqalpog`iston Respublikasi Xalq cholg`ulari orkestri faxriy xonandasi

Umirzakov Baltoxodja Ermatovich - Toshkent davlat texnika universitetining umumiy fizika  kafedrasi professori

Faktorovich Gilsina Aksanovna - Samarqand viloyati rus drama teatri aktrisasi

Faxargaliev Ravil Nagimovich - Alisher Navoiy nomidagi O`zbekiston davlat akademik katta teatri orkestr sozandasi

Xamidova Marfua Azizovna - O`zbekiston davlat konservatoriyasining akademik xonandalik va opera tayyorlovi kafedrasi professori

Xarchenko Olga Ivanovna - O`zbekiston Milliy axborot agentligining axborot uzatish xizmati boshlig`i o`rinbosari

Xushvakov Nabi Olimovich - Shahrisabz davlat muzey-qo`riqxonasi bosh direktori, Qashqadaryo viloyati

Sharipov Boboxon - O`zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a`zosi, tarjimon

Eshtuxtarova Oliya - Jizzax viloyati musiqali drama teatri aktrisasi

Yuldashev Shoxrux Alisherovich - «O`zbekkonsert» davlat muassasasi xonandasi

Yanov-Yanovskiy Dmitriy Feliksovich - O`zbekiston kompozitorlari va bastakorlari uyushmasi a`zosi, kompozitor

 

II darajali «Sog`lom avlod uchun» ordeni bilan

Abdugaffarov Abdusattar Abdujabbarovich - Toshkent to`qimachilik va engil sanoat instituti jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash, nazorat va monitoring bo`limi boshlig`i

Kodirova Husniya Abdurasulovna - Kasbi tumanidagi 12-umumiy o`rta ta`lim maktabining ingliz tili fani o`qituvchisi, Qashqadaryo viloyati

Masharipova Dano Yangiboevna - Chirchiq shahridagi 7-umumiy o`rta ta`lim maktabi direktorining ma`naviy-ma`rifiy ishlar bo`yicha o`rinbosari, Toshkent viloyati

Tadjibaeva To`lqinoy Obidjonovna - Oltiariq tumanidagi 19-maktabgacha ta`lim tashkiloti uslubchisi, Farg`ona viloyati

Xalmirzaeva Sayyora Shukurovna - Toshkent davlat agrar universitetining o`zbek tili va adabiyoti kafedrasi dosenti

Chukkiev Rashit Abduvaxabovich - Andijon viloyati qo`g`irchoq teatri aktyori

Ergashev Zokirjon - Namangan viloyati ixtisoslashtirilgan san`at maktabining puflama va zarbli cholg`ular kafedrasi mudiri

 

II darajali «Salomatlik» ordeni bilan

Abdullaeva Nargiza Nurmamatovna - Samarqand davlat tibbiyot universitetining davolash ishlari bo`yicha prorektori  – ko`p tarmoqli klinikasi bosh shifokori, Samarqand viloyati

Abduraximov Zoxid Abduvasikovich - O`zbekiston kasaba uyushmalari Federasiyasining sanator-kurortlar boshqarmasi boshlig`i o`rinbosari

Boltaev Abdukarim Majitovich - Boysun tumani tibbiyot birlashmasining «Machay» oilaviy shifokorlik punkti mudiri, Surxondaryo viloyati

G`aybullaeva Shaxzoda Jalalovna - Sardoba tumani tibbiyot birlashmasining «G`afur G`ulom» oilaviy shifokorlik punkti mudiri, Sirdaryo viloyati

Nadirova Saodat Fayzillovna - Nishon tumani tibbiyot birlashmasining ko`p tarmoqli markaziy poliklinikasi shifokori, Qashqadaryo viloyati

Saidov Maksud Arifovich - Bolalar milliy tibbiyot markazi direktori

Xalimova Zamira Yusufovna - Akademik Yo.To`raqulov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan endokrinologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi direktorining ilmiy ishlar bo`yicha o`rinbosari

Halilov Najmiddin Shermatovich - Tomdi tumani tibbiyot birlashmasining jarrohlik bo`limi mudiri, Navoiy viloyati

Yunusov Abdulmajit Abdulaxatovich - Bag`dod tumani tibbiyot birlashmasining tez tibbiy yordam bo`limi shifokori, Farg`ona viloyati

 

«Sog`lom turmush» medali bilan

Jonizoqova Sayyora Sonnibaevna - Mirzacho`l tumani tibbiyot birlashmasining 17-oilaviy poliklinikasi patronaj hamshirasi, Jizzax viloyati

Jumaboeva Marg`uba Umirbekovna - Xorazm viloyati ko`p tarmoqli tibbiyot markazining gematologiya bo`limi mudiri

Toshboev Raximjon Axmedovich - Qorasuv shahar tibbiyot birlashmasining shoshilinch tibbiy yordam bo`limi anesteziolog-reanimatologi, Andijon viloyati

 

«Kelajak bunyodkori» medali bilan

Ko`chqorov Islomjon Nurali o`g`li - O`zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a`zosi, shoir

Saydaliev Javohir Abdurayim o`g`li - O`zbekiston davlat simfonik orkestri sozandasi

Solijonov Xushnudjon Xurshid o`g`li - Yunus Rajabiy nomidagi «Maqom» ansambli xonandasi

 

«Shuhrat» medali bilan

Abduxalikov Mansur Maxsudovich - «O`zbekfilm» kinokonserni» davlat unitar korxonasi postanovkachi kinorejissyori

Bekturdiev Akbar Egamberdievich - O`zbekiston kinoarboblari ijodiy uyushmasi a`zosi, postanovkachi kinorejissyor

Gandjaeva Lola Atanazarovna - Xorazm Ma`mun akademiyasining tabiiy fanlar bo`limi boshlig`i

Gukasyan Narine Rudolfovna - U.Qurbonov nomidagi Respublika bolalar ruhiy-asab kasalxonasi logopedi

Jiemuratova Gozzal Dauletiyarovna - «Ayqulash» Qoraqalpoq davlat milliy folklor ansambli raqqosasi, Qoraqalpog`iston Respublikasi

Jumaeva Malika Abidovna - Buxoro davlat muzey-qo`riqxonasi ekskursovodi, Buxoro viloyati

Isamova Karomat Kadirovna - Jizzax viloyati qo`g`irchoq teatri bosh rejissyori

Isxakova Elsevar Djasurovna - «O`zbekfilm» kinokonserni» davlat unitar korxonasi liboslar bo`yicha postanovkachi rassomi

Ishmuxamedova Shaxzoda Ravshanovna - O`zbek Milliy qo`g`irchoq teatri aktrisasi

Yo`ldasheva Muxabbat Xusnidinovna - O`zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a`zosi, yozuvchi, tarjimon

Yo`ldashov Turgunpulat Valievich - Surxondaryo viloyati san`at saroyi bosh rejissyori

Karabaeva Farogat Rixsibaevna - Olmazor tumanidagi «Muruvvat» nogironligi bo`lgan bolalar uchun 1-internat uyi enagasi, Toshkent shahri

Karimova Gulchexraxon Taxirovna - Respublika xoreografiyaga ixtisoslashtirilgan maktab-internati mumtoz raqs fani o`qituvchisi

Kasimov Ubaydulla Patxullaevich - Respublika «Usto» uyushmasiga qarashli «Sharqona sayqal» xususiy korxonasi miniatyurachi rassomi

Keldiev Anvar Farxadovich - Forish tumanidagi «Bog`don» folklor-etnografik xalq ansambli badiiy rahbari, Jizzax viloyati

Kudryavseva Nadejda Anvarovna - Farg`ona viloyati rus drama teatri aktrisasi

Kurbanov Negmat Tuygunovich - Samarqand shahridagi 5-imkoniyati cheklangan shaxslar uchun maxsus madaniyat markazi rahbari

Lushnikova Elizaveta Valentinovna - Samarqand davlat muzey-qo`riqxonasining arxeologiya fondi ilmiy xodimi, Samarqand viloyati

Mamasadikov Nurillo Shukrullaevich - Farg`ona shahridagi «Meridian Diagnostic Hospital» tibbiyot markazi rahbari, Farg`ona viloyati

Masharipov Odamboy Vapaevich - Respublika «Hunarmand» uyushmasi a`zosi, yog`och o`ymakorligi ustasi, Xorazm viloyati

Masharipova Nargiza Otaxonovna - Urganch davlat universitetining ingliz tili va adabiyoti kafedrasi dosenti, Xorazm viloyati

Nurilloev Baxtiyor Baxshilloevich - Romitan tumanidagi 12-bolalar musiqa va san`at maktabining an`anaviy xonandalik sinfi o`qituvchisi, Buxoro viloyati

Odilov Murodjon Shuxratovich - «Hujjatli va xronikal filmlar kinostudiyasi» davlat unitar korxonasi kinorejissyori

Oxunov Mansurjon Nosirovich - Uchko`prik tumanidagi «Hangoma» havaskorlik teatri rejissyori, badiiy so`z ustasi, Farg`ona viloyati

Raximov Baxram Abdievich - Dehqonobod tumani madaniyat markazining baxshichilik to`garagi rahbari, baxshi, Qashqadaryo viloyati

Ruzieva Shaxista Abdulxamedovna - Andijon shahar ko`zi ojizlar kutubxonasi mudiri, Andijon viloyati

Ro`zimurodov Ro`zimurod Narzulloevich - Qorako`l tumanidagi ixtisoslashtirilgan maktab-internatining matematika fani o`qituvchisi, Buxoro viloyati

Sadirova Farog`at Nishanovna - Konimex tumani «Do`stlik» madaniyat markazi badiiy rahbari, Navoiy viloyati

Saidova Feruza Kamilevna - «Yangi avlod forumi» bolalar ijodiyot markazining teatr to`garagi rahbari, kino aktyori

Soliev Adxam Umarovich - «O`zbekkonsert» davlat muassasasi xonandasi

Soxibnazarov San`atillo Nasrulloevich - Respublika «Hunarmand» uyushmasi a`zosi, yog`och o`ymakorligi ustasi, Samarqand viloyati

Stejka Veronika Yurevna - «O`zbek davlat sirki» davlat muassasasi artisti

Toyirov Jamol Muxidinovich - Buxoro tumanidagi «Mavji Buxoro» folklor-etnografik xalq ansambli badiiy rahbari, Buxoro viloyati

Umirova Inobat Mo`minovna - Muqimiy nomidagi O`zbekiston davlat musiqali teatri solist-vokalisti

Fadeeva Tatyana Valerevna - Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn institutining teatr bezagi rangtasviri  kafedrasi katta o`qituvchisi

Xashimov Akram Abdievich - «Xalq so`zi» va «Narodnoe slovo» gazetalari bosh muharririning o`rinbosari

Xudayberdieva Gulbaxor Saydaxmatovna - Arnasoy tumanidagi 5-maktabgacha ta`lim tashkiloti tarbiyachisi, Jizzax viloyati

Hasanov Hamza Rustamovich - O`zbek Milliy akademik drama teatri aktyori

Shafieva Maryam Fuatovna - Mirzo Ulug`bek tumanidagi 50-ixtisoslashtirilgan umumiy o`rta ta`lim maktabining biologiya fani o`qituvchisi, Toshkent shahri

Eshonqulov Begali Nurali o`g`li - O`zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a`zosi, shoir

@rost24_uz_bot — Хабар йўлланг. Сизнинг хоҳишингизга кўра ҳар қандай маълумот сир сақланади
3
Изоҳ қолдириш
Изоҳлар