Nima uchun yuqori lavozimlarda yosh kadrlarni kam ko`ramiz?

16.08.2023 08:53

Yuqori lavozimlarni egallab turgan mansabdorlarning aksariyatini yoshi katta yoki pensiya yoshidagi kadrlar tashkil qiladi. Yosh kadrlarni esa ko`p hollarda uchratmaymiz. Turizm vazirining ekologiyaga, Sog`liqni saqlash vazirining boshqa joyga yoki sog`liqni saqlash vazirining boshqa vazirlikka vazir bo`lganini ko`ramiz. Prezident huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligining kadrlar etkazib berish masalasida oqsoqlik bormi? Nima uchun yosh kadrlarni yuqori lavozimlarda kam ko`ramiz?

Milliy matbuot markazida Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi tomonidan o`tkazilgan matbuot anjumanida Rost24.uz muxbiri tomonidan yuqoridagi mazmunda savol berildi.

Ushbu savolga Prezident huzuridagi davlat xizmatini rivojlantirish agentligi departament mudiri Ilhom Qurbonov quydagi mazmunida, hisobot tarzida javob berdi: 

Ilhom Qurbonov
Prezident huzuridagi davlat xizmatini rivojlantirish agentligi departament mudiri 

— Olti oylikda 4 mingtaga yaqin 3 890 ta tanlov g`oliblari bo`lsa, shundan 1 388 tasining 400 tasi, ya`ni, 40 foizini yoshlar tashkil qiladi. Agentlik tomonidan har doim yoshlarni davlat fuqarolik xizmatiga jalb qilish bo`yicha ishlarni amalga oshiramiz. Agentlikda "Istiqbolli kadrlar seleksiyasi" boshqarmasi bor. Boshqarma tomonidan birinchidan, ko`zga ko`ringan barcha yirik o`sha oliy ta`lim muassasalarini bitiruvchi kurslari bilan reja asosida seminarlar o`tkaziladi. Ikkinchidan, agentlik qoshida Kelajak liderlari klublari tashkil qilingan. Har yili har bir hududdan 50 tadan 100 tagacha eng ilg`or va eng faol yoshlarni saralab olamiz va h.k…», — dedi u.

Ma`lumot o`rnida, vakant lavozimlar bo`yicha eng ko`p tanlovlar hokim yordamchilar, mahalladagi yoshlar etakchilari tizimida e`lon qilingan.

@rost24_uz_bot — Хабар йўлланг. Сизнинг хоҳишингизга кўра ҳар қандай маълумот сир сақланади
4
Изоҳ қолдириш
Изоҳлар