Yarim asrlik arxivni jamlagan fotografga e`tibor zarur

14.08.2023 11:23

Hukumat rahbari almashinuvi bilan bog`liq siyosiy jarayon  faqatgina hukumat vakillariga ta`sir ko`rsatibgina qolmay, oddiy odamlarni ham chetlab o`tmasligi mumkin. Rost24.uz ayni shunday siyosiy jarayon qurboni bo`lgan oddiy odamlardan biri, fotojurnalist Shonazar Ibrohimov bilan suhbat qildi.

O`zbekiston SSR Kommunistik partiyasi rahbari Sharof Rashidovning o`limidan so`ng unga qarshi kompaniya Rashidovning yonida yurib, uni suratga tushirgan fotojurnalist Ibrohimovni ham chetlab o`tmadi. Ya`ni, uning 7 mingdan ortiq suratlari olib qo`yildi. Oradan 40 yil o`tgach, rasmlarni qo`liga olgan jurnalist arxivni xalqqa etkazish istagida...

O`zbekistonning yarim asrlik tarixi, hukumatning 8 ta rahbarini suratga olgan, yigirmadan ortiq gazeta va nashrlarda ishlagan fotojurnalist Shonazar Ibrohimov ilk faoliyatini 1970 yilda boshlagan.

«Fotojurnalistika sohasida 50 yil ishlaganman. Sharof Rashidov, Inomjon Usmonxo`jaev, Rafiq Nishonov, Islom Karimov, bosh vazirlik vaqtida Shavkat Mirziyoev, xullas, O`zbekistonning 5 ta rahbarini ularning yonida yurib suratga tushirganman. Islom Karimov bilan fotojurnalistlar o`rtasida masofa 2 metr bo`lardi, hozir Mirziyoev bilan 5-6 metr, Sharof aka bilan esa o`rtamizda masofa ham bo`lmasdi, do`stdek bo`lib ketganmiz. Fotojurnalistikani tanlaganimdan afsuslangan paytim bo`lganini eslolmayman. Biz ishlagan vaqtimizda bu kasb qadrlanardi», — deydi Shonazar Ibrohimov.

Uning aytishicha, Sharof Rashidovning o`limidan so`ng Rashidov nomini tarixdan o`chirish kompaniyasi vakillari Shonazar Ibrohimov kabinetidagi 7 mingdan ortiq suratni olib ketishgan.

«Men bu suratlarni olish uchun 40 yil kurashdim. 2020 yilda vanihoyat qo`limga oldim. Bu suratlarni xalqqa ko`rsatish kerak, ular tariximizning bir qismi. Rasmlarni hozir bunday qilib ishlab bo`lmaydi, ularga mening qanchadan-qancha mehnatim singgan, ular mening bolam, ko`zyoshim, yuragimdan chiqqan mehr. Nega endi umrimning oxirida 40 yil kurashib qo`limga olgan suratlarim xalqqa etkazilmay qolib ketishi kerak?» — deydi keksa fotograf.

@rost24_uz_bot — Хабар йўлланг. Сизнинг хоҳишингизга кўра ҳар қандай маълумот сир сақланади
2
Изоҳ қолдириш
Изоҳлар