Ichki ishlarda navbatdagi o`lim. Toshkent shahar IIBB ma`lumot berdi

14.08.2023 09:27

Toshkent shahar IIBBda tergovga jalb qlingan fuqaro vafot etdi. Marhumga jigar sirrozi tashxisi qo'yildi.

Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent shahar Ichki ishlar Bosh Boshqarmasidan 33 yoshli shaxsning o'ligi chiqqani haqida xabarlar tarqaldi. Holat yuzasidan poytaxt IIBB darhol ma'lumot berdi.

Toshkent shahar IIBBning ma'lum qilishicha, joriy yilning 29 iyul kuni 7-8 nafar shaxslardan iborat bo'lgan jinoiy guruh fuqaro M.R.ni urib-do'pposlab, pul talab qilishgan. Shuningdek, jabrlanuvchidan Turkiya davlatida bo'lgan noma'lum shaxslardan go'yoki 860 ming AQSh dollari miqdorda qarz olganligi haqida majburlab tilxat yozdirib olishgan ekan.

“Mazkur uyushgan jinoiy guruh a`zolaridan 2 nafari, ya`ni 1990 yilda tug`ilgan U.D. (muqaddam JKning bir nechta moddasi bilan sudlangan) qo`lga olingan.

12 avgust kuni gumonlanuvchi U.D.ga nisbatan bayonnoma rasmiylashtirish jarayonida u o`zini yomon his qilayotganligini aytib, to`satdan yiqilib hushini yo`qotgan. Holat bo`yicha tez-tibbiy yordam chaqirtirilib, IIO xodimlari tomonidan birinchi tibbiy yordam ko`rsatilgan, biroq tez-tibbiy yordam kelgunga qadar U.D. hushiga kelmay vafot etgan. Birlamchi tashxisga ko`ra gumonlanuvchining o`limi “Jigar sirrozi og`ir stadiyasi, o`tkir yurak qon-tomir etishmovchiligi” oqibatida yuzaga kelgan.

Mazkur holat yuzasidan hozirda Toshkent shahar prokuraturasi tomonidan tekshiruv o`tkazilmoqda, U.D.ning o`lim sababini aniqlash bo`yicha tegishli sudga oid tibbiy-ekspertiza tayinlangan”, – deyiladi Toshkent shahar IIBBning rasmiy ma`lumotida.

@rost24_uz_bot — Хабар йўлланг. Сизнинг хоҳишингизга кўра ҳар қандай маълумот сир сақланади
11
Изоҳ қолдириш
Изоҳлар