Avtomobil davlat raqamiga to`lov oshirilmoqda

11.08.2023 12:40

Ichki ishlar vaziri buyrug`i bilan avtomobillarga davlat raqam belgilarini berish bo`yicha to`lov miqdori BHMning 2,3−3,5 baravari (1,15 mln so`m)gacha oshirilmoqda.

Joriy yil 1 noyabrdan to`lov stavkalari quyidagi miqdorda belgilanadi:

•avtotransport vositalariga ro`yxatdan o`tkazish davlat raqami belgilari (RO`DRB) uchun — bazaviy hisoblash miqdori BHMning 3,5 baravari miqdorida;

•mototransport vositalari, motorollerlar va tirkamalarga (yarim tirkamalar) raqamlar uchun — BHMning 1,75 baravari miqdorida;

•tranzit raqamlar uchun — BHMning 25 foizi miqdorida;
yaroqsiz holga kelgan, buzilgan yoki shikastlangan bir juft raqam o`rniga yangi raqam berish uchun — BHMning 3,5 baravari miqdorida;

•yaroqsiz holga kelgan, buzilgan yoki shikastlangan bir dona raqam o`rniga yangi raqam berish uchun — BHMning 1,75 baravari miqdorida.

Shuningdek, yo`qotilgan bir dona yoki bir juft raqam o`rniga yangi bir juft raqam berish uchun BHMning 3,5 baravari miqdorida undiriladi. Yo`qotilgan bir dona raqam (mototransport vositalari, motorollerlar va tirkamalar) o`rniga yangi bir dona raqam berish uchun esa BHMning 1,75 baravari miqdori undiriladi. RO`DRBni o`n ikki oy muddatdan so`ng yana bir yil muddatga saqlaganlik uchun BHMning 1 baravari miqdorida undiriladi. 

@rost24_uz_bot — Хабар йўлланг. Сизнинг хоҳишингизга кўра ҳар қандай маълумот сир сақланади
1
Изоҳ қолдириш
Изоҳлар