Hududiy boshliqlar esa qolgan joyidan ishni davom ettirmoqda.
Sog`liqni saqlash vazirligining 23 nafar rahbar xodimi ishdan bo`shatildi va 24 nafar rahbar xodimiga hayfsan intizomiy chorasi qo`llanildi.
Sog`liqni saqlash vazirligi joriy yil birinchi yarim yilligi yakunlariga bag`ishlangan Hay`at yig`ilishini o`tkazdi. Uni Sog`liqni saqlash vaziri Amrillo Inoyatov olib bordi.
Yig`ilish davomida vazir bir qancha rahbar xodimlarni ishdan oldi, bir qancha xodimlarga esa intizomiy jazo chorasi ko`rildi.
Lavozimidan olingan xodimlar:
Farg`ona viloyati SSB boshlig`ining birinchi o`rinbosari;
Farg`ona viloyati sog`liqni saqlash boshqarmasi va Xiva tuman tibbiyot birlashmasi boshlig`ining onalik va bolalik masalalari bo`yicha o`rinbosarlari;
Rishton, Uchko`prik, O`zbekiston tuman va Farg`ona shahar tibbiyot birlashmasi boshlig`i;
Hazorasp tuman tibbiyot birlashmasi rahbari o`rinbosari;
Respublika tez tibbiy yordam markazi Samarqand viloyati filiali rahbari;
Xorazm viloyati Tez tibbiy yordam markazi direktori, RShTIYoM Xorazm filiali direktorining 2 nafar o`rinbosari;
Qo`shtepa, Dang`ara va Uchqo`rg`on tumanlari tibbiyot birlashmalari tug`ruq bo`limi mudirlari;
Xorazm viloyati bosh ginekologi;
Xorazm Perinatal markazi direktori o`rinbosari lavozimidan ozod etildi.
Shuningdek, Andijon davlat tibbiyot institutning rektori va 5 nafar rahbar xodimi ishdan bo`shatildi.
Hayfsan olgan xodimlar:
Surxondaryo, Namangan, Sirdaryo, Navoiy va Xorazm viloyat SSB boshliqlariga;
Qoraqalpog`iston Respublikasi SSVning birinchi o`rinbosari, Sirdaryo, Navoiy, Jizzax, Xorazm, Toshkent, Surxondaryo va Qashqadaryo viloyatlari SSB boshliqlarining birinchi o`rinbosarlariga;
Respublika tez tibbiy yordam markazi rahbariga;
Respublika tez tibbiy yordam markazi Qashqadaryo va Sirdaryo viloyati filiali rahbarlariga;
G`uzor va Quva tuman tibbiyot birlashmasi boshliqlari;
Qoraqalpog`iston Respublikasi SSVning onalik va bolalik masalalari bo`yicha o`rinbosariga;
Andijon, Jizzax, Navoiy, Sirdaryo, Surxondaryo viloyatlari sog`liqni saqlash boshqarmalari boshliqlarining onalik va bolalik masalalari bo`yicha o`rinbosarlariga
hayfsan intizomiy chorasi qo`llanildi.
Shuningdek, Qashqadaryo viloyati SSB boshlig`i va Qoraqalpog`iston Respublikasi sog`liqni saqlash vaziriga hamda Namangan viloyati Yangi Namangan, Yangiqo`rg`on va Chust tuman tibbiyot birlashmalari boshliqlariga o`rtacha oylik ish xaqining 30 foizi miqdorida jarima belgilandi.