Rahbarlar poytaxtdan uzoqdagi bog`chalarga ham borishadimi?

02.08.2023 08:27

Maktabgacha va maktab ta`limi vazirligi rahbariyatining bog`chalarga borib, vaziyatni o`rganganini ko`ramiz, lekin ularning aksariyati poytaxtda joylashgan bog`chalardir. Qachon vazirlik rahbariyati viloyatlar va chekka hududlardagi bog`chalarga borib u erdagi sharoit va holatni o`rganadi?

Rost24.uzʼning ushbu savoliga vazirlik rahbariyati javob berdi.

Farrux Boboev 
Maktabgacha ta`lim agentligi direktorining birinchi o`rinbosari

— Davlatimiz rahbari o`tkazilgan ikkinchi saylovda ham aytdilar, hamma safarbarlik rejimida, ya`ni barcha tashkilot rahbariyati: vazirlik va agentlik rahbarlari viloyatlarda yuribdi. Shu yilning o`zida hududlarda katta-katta loyihalar rejalashtirilgan. Kuni kecha ham vazirlikning 30 nafardan oshiq xodimlari viloyatlarda, chekka-chekka tumanlardagi bog`chalarda majburiy bir yillik tayyorlov guruhlarining holati, mebellarning etkazib berilayotganini tekshiruvdan o`tkazyapti. Men “Mas`ullar faqat poytaxtdagi bog`chalarga borib sharoitni o`rganadi”, degan fikrga qo`shilmagan bo`lardim, chunki aynan maktabgacha ta`lim tashkiloti vaziri, vazir o`rinbosari, maktabgacha ta`lim agentligi direktori qaysi hududga xizmat safariga borsa, albatta, u erdagi holat bilan qiziqib, muammolarning echimini birgalikda hal qilib kelyapmiz. Buni ijtimoiy tarmoqlar orqali ham ko`rib borayotgan bo`lsangiz kerak», — deya javob berdi Maktabgacha va maktab ta`limi vazirligi huzuridagi Maktabgacha ta`lim agentligi direktorining birinchi o`rinbosari Farrux Boboev.

@rost24_uz_bot — Хабар йўлланг. Сизнинг хоҳишингизга кўра ҳар қандай маълумот сир сақланади
0
Изоҳ қолдириш
Изоҳлар