Ko`mir muammosi tarixda qoldi — “O`zbekko`mir” bosh geologi

29.07.2023 07:48

Maktablarda ko`mir taqchilligi haqidagi savolga “O`zbekko`mir” AJ mutasaddisi Tanzila Norboeva uslubida keskin va qat`iy javob berdi.

Chekka hududlardagi maktablarga sifatsiz ko`mir borgani, ayrimlariga kam miqdorda etkazib berilgani aniqlangan. Bunday holatlarga kim aybdor, tuman hokimlarimi yoki “O`zbekko`mir” AJ?

Qachon chekka hududlardagi maktablar ham sifatli va etarli miqdordagi ko`mir bilan ta`minlanadi?

Rost24.uz ushbu savolga mas`ullardan javob oldi.

 Erkin Jo`raev
“O`zbekko`mir” AJ bosh geologi

«Bunday holatlar endi tarixda qoldi. Bunaqa holat endi bo`lmaydi», — dedi “O`zbekko`mir” AJ bosh geologi Erkin Jo`raev.

Ayni shu matbuot anjumanida ayni shu “O`zbekko`mir” mutasaddisi Rost24.uz tomonidan O`zbekistondagi IESlarda Qozog`iston ko`miri ishlatilayotgani bo`yicha berilgan savolga ko`mir qazib olishda muammolar borligini tan olgan edi.

E.Jo`raev so`ziga qo`shimcha qilgan holda “Ko`mir ta`minot” MChJ direktori o`rinbosari Farhod Xursanov bu yil har bir hududda ko`mir etkazib berish uchun viloyatlarda shtatlar tashkil qilinganini ta`kidladi:

Farhod Xursanov
 “Ko`mir ta`minot” MChJ direktori o`rinbosari  

— Ko`mir etkazib berilishini nazorat qiladigan tashkilotlar bu yil etarli. Qaysi maktablarga ko`mir etkazib berishda kamchiliklarga yo`l qo`yilgan bo`lsa, bizga murojaat qilishsin, biz vaziyatni o`rganib chiqamiz», — dedi Xursanov.

@rost24_uz_bot — Хабар йўлланг. Сизнинг хоҳишингизга кўра ҳар қандай маълумот сир сақланади
1
Изоҳ қолдириш
Изоҳлар