Nashid tarqatganligi uchun 3 yilga qamalgan talaba ozod qilindi

28.07.2023 21:04

Jahongir Ulug`murodovning jazosi ozodlikni cheklashga almashtirildi. 
Bu haqda Oliy sud axborot xizmati rahbari Aziz Abidov ma`lum qildi. ​

​​​​«Bugun Oliy sudning Jinoyat ishlari bo`yicha sudlov hay`ati kassasiya instansiyasida J. Ulug`murodovga nisbatan chiqarilgan jinoyat ishlari bo`yicha Oqqo`rg`on tuman sudining 2023 yil 8 maydagi hukmi va Toshkent viloyat sudi jinoyat ishlari bo`yicha sudlov hay`ati apellyasiya instansiyasining 2023 yil 17 iyuldagi ajrimi ustidan advokat A. Abdullaev tomonidan berilgan kassasiya shikoyati ko`rib chiqildi», deyiladi xabarda.

«Kassasiya sudlov hay`ati, ish bo`yicha J. Ulug`murodovga nisbatan chiqarilgan sud qarorlarini o`zgartirib, uning yoshligi, talaba ekanligi, muqaddam sudlanmagani, o`qish joyidan ijobiy tavsiflangani, oilaviy sharoiti, qilmishidan pushaymonligi, shuningdek jinoyat sodir etgandan keyingi xulq-atvori kabi holatlarni e`tiborga oldi.

Shu tariqa Oliy sud Jinoyat ishlari bo`yicha sudlov hay`ati  J. Ulug`murodovga nisbatan chiqarilgan sud qarorlari o`zgartirilib, unga Jinoyat kodeksining 244-1-moddasi 3-qismi “g” bandi bilan ushbu Kodeksning 57-moddasi (engilroq jazo tayinlash) ni qo`llagan holda 3 yil muddatga ozodlikni cheklash jazosi tayinlandi», deyiladi xabarda.

J. Ulug`murodovning 2023 yil 24 fevraldan 2023 yil 28 iyulga qadar qamoqda saqlangan 5 oy 4 kun chegirilib, o`tash uchun 2 yil 6 oy 26 kun ozodlikni cheklash jazosi qoldirilishi belgilangan.

@rost24_uz_bot — Хабар йўлланг. Сизнинг хоҳишингизга кўра ҳар қандай маълумот сир сақланади
1
Изоҳ қолдириш
Изоҳлар