“Xorijdan ko`mir import qilishimizga sabab – ko`p energiya iste`mol qilayapmiz” – "O`zbekko`mir" AJ

28.07.2023 12:38

Ma`lumotlarga ko`ra, Issiqlik elektr stansiyalarida elektr ishlab chiqarish uchun Qozog`iston ko`miridan foydalanilar ekan. Bu O`zbekiston ko`miri sifatsizligidan dalolatmi yoki import ko`mirni ishlatishining boshqa sababi bormi? 

Rost24.uz muxbirining ushbu savoliga "O`zbekko`mir" AJ  bosh geologi Erkin Jo`raev javob berdi: 

"Hozirgi kunda elektr energiyasiga bo`lgan talab ortgan. Deylik, 5 yil avval bir xonadonda 1 ta televizor, 1 ta muzlatkich elektr manbaiga ulangan bo`lsa hozirgi kunda bir xonadonning o`zida “ariston”, kondisioner, televizor, muzlatkich doimiy ishlab turadi. Bundan tashqari, changyutkich, kir yuvish mashinasi, soch quritkich kabi buyumlardan tez-tez foydalaniladi. Shunday qilib elektr energiyasiga talab va ehtiyoj so`nggi yillarda ortib ketdi. Bizning energiya resursimiz bunday talabni qoplay olmayapti. Shuning uchun biz xorijdan ko`mir import qilishga majbur bo`lyapmiz. Yaqin yillarda yangi ko`mir konlari ochilish arafasida. Hozir Tog`-kon sanoati va geologiya vazirligi 14 ta ko`mir konida dastlabki baholash ishlarini olib boryapti. 3 ta ko`mir konida esa 2023 yilda qazish ishlari boshlandi, ularga bu yil hisobidan tadbirkorlik subektlariga ko`mir etkazib berish majburiyati yuklatilgan. Agar 14 ta ko`mir koni ishga tushirilsa importga ehtiyojimiz qolmaydi, ichki bozorni ko`mir bilan ta`minlab, chet mamlakatlarga eksportni ham yo`lga qo`yamiz", -dedi "O`zbekko`mir" AJ bosh geologi Erkin Jo`raev.

@rost24_uz_bot — Хабар йўлланг. Сизнинг хоҳишингизга кўра ҳар қандай маълумот сир сақланади
4
Изоҳ қолдириш
Изоҳлар