Sanksiyaga uchragan Qirg`iz kompaniyalari Rossiyaga harbiy vositachi bo`lgan

22.07.2023 09:06

AQSh Moliya vazirligining xorij aktivlarini nazorat qilish boshqarmasi va AQSh Davlat departamenti Qirg`izistonning bir qancha kompaniyalariga sanksiya e`lon qildi. Sanksiya hujjatida Qirg`izistonning 4 ta korxonasi Rossiyaga chet elda ishlab chiqarilgan elektronika va texnologiyalarni qayta eksport qilib, vositachi rolini bajarib kelganlikda ayblangan. Ma`lumotlarga ko`ra, bu kompaniyalar Rossiya-Ukraina urushidan keyin ochilgan.

Sanksiyaga uchragan kompaniyalar va ularning faoliyati

"RM Desing and Development" (RMDD) MChJ 2022 yil mart oyida tashkil etilgan bo`lib, Qirg`izistonda elektron va telekommunikasiya uskunalari hamda ehtiyot qismlari sotish bilan shug`ullangan. Tashkil etilganidan beri bu korxona Rossiyaga, jumladan, Rossiyadagi mudofaa kompaniyalariga elektronika etkazib beruvchi firmalarga ikki tomonlama maqsadli tovarlarni jo`natuvchi sifatida ishlab kelmoqda. "RMDD" Rossiyaning "Basis Trade Prosoft" MChJ, "Radiotexsnab", "Region-Prof LLC"  kompaniyalariga yarimo`tkazgichli qurilmalar, elektron integral mikrosxemalar va kondensatorlarni o`z ichiga olgan yuzlab tovarlarni jo`natdi.

"RMDD", "RTS" va "Region-Prof" kompaniyalariga Rossiyaning 14024-sonli ijroiya buyrug`iga binoan Rossiya federasiyasi iqtisodiyotini elektronika buyumlari bilan ta`minlash vazifasi yuklatilgan edi.

"Progress lider" kompaniyasining bosh direktori Tatyana Grigorevna Ivanova Rossiya fuqarosi, Rossiyada joylashgan "SiAiCi" (CIC) ning ham rahbari hisoblanadi. "Progress lider" kompaniyasi 2022 yil mart oyida tashkil etilgan va "SiAiSi"ga ko`plab jo`natmalarni amalga oshirgan.

"GTME Texnologii" 2022 yil iyun oyida tashkil etilgan, Qirg`izistonda joylashgan korxonadir. "GTME Texnologii" Rossiyaga o`nlab tovarlarni, jumladan,  "FinCEN-BIS" qo`shimcha ogohlantirishiga kiritilgan tantal kondensatorlari va elektron qurilmalarini jo`natdi. "GTME texnologii"ning asosiy mijozi elektron va raqamli uskunalar sotuvchisi, Rossiyada joylashgan  "Technologies Systems and Complexes Limited" bo`lgan.

"Cargoline" MChJ 2022 yil mart oyida tashkil etilgan, Qirg`izistonda joylashgan korxona bo`lib, Rossiyaga, jumladan, AQSh eksport nazorati ostidagi aviakompaniyalarga millionlab dollarlik xorijiy aviasiya uskunalarini to`g`ridan-to`g`ri jo`natgan. "Cargoline" Rossiya iqtisodiyotining aerokosmik sohasida faoliyat yuritish uchun tayinganlikda da`vo qilinadi.

Qo`llanilgan sanksiyalar bo`yicha tushuntirish berar ekan, AQSh G`aznachilik kotibi o`rinbosari Uolli Adeemo, "Bugungi harakatlarimiz Rossiyaning harbiy salohiyatini, jang maydonidagi ta`minotini va iqtisodiy foydasini cheklash bo`yicha yana bir qadamdir. Rossiya Ukrainaga qarshi asossiz va shafqatsiz urush olib borishda davom etar ekan, biz Rossiyani kerakli texnologiyadan mahrum qilish va Rossiya qurol sanoatini qayta ta`minlash qobiliyatini buzish uchun sanksiyalar qo`llaymiz", - dedi.

20 iyul kuni esa Qirg`iziston Respublikasining Ukrainadagi elchisi Idris Qodirqulov Rossiyaga qarshi sanksiyalarni chetlab o`tish uchun Qirg`iziston yurisdiksiyasidan foydalanish, xususan, qurol-yarog` buyumlari va yuqori texnologiyali mahsulotlarni etkazib berish bo`yicha tushuntirishlar olish maqsadida Ukraina Tashqi ishlar vazirligiga chaqirildi.

Diplomatga Qirg`iziston Respublikasi jahon hamjamiyatining a`zosi sifatida Rossiyaga qarshi xalqaro sanksiyalar siyosatiga rioya qilish uchun javobgar bo`lishi shartligi aytib o`tilgan.

Uchrashuvda, shuningdek, Qirg`iziston hududidan Rossiyaga harbiy texnikani jihozlashda ishlatilishi mumkin bo`lgan tovarlarning re-eksport qilinishi Ukraina tomonidan Rossiyaning Ukrainaga qarshi bosqinchilik urushini qo`llab-quvvatlashga qaratilgan nodo`stona harakatlar sifatida baholanishi alohida ta`kidlangan.

@rost24_uz_bot — Хабар йўлланг. Сизнинг хоҳишингизга кўра ҳар қандай маълумот сир сақланади
1
Изоҳ қолдириш
Изоҳлар