Fermerlarning pulini olib texnika berishda muammo qilayotgan O`zagrolizing faoliyatida qachon o`zgarishlar bo`ladi?

20.07.2023 21:50

AOKAda "O`zagrolizing"AJning 2022 yilning yanvar-iyun oylarida ushbu tashkilot haqida pulni olib bo`lgach va`dalarini unutadigan tashkilot, deb ta`riflashgan, bunga Andijon, Farg`ona viloyatidagi fermerlar bilan “O`zagrolizing” AJ o`rtasida kelishmovchiliklar ko`p bo`lgani cabab kilib ko`rsatilgan.

Ya`ni, O`zagrolizing ba`zi fermer xo`jaliklari pulini olib, texnikani etkazib bermagan, deya firibgarlikda ayblangan. Va bu vaziyatda O`zagrolizing bir-ikki munosabat bilan qutulib qolgan.

Savolim: o`sha pulini o`tkazib, texnika ololmagan tadbirkor-fermerlarga pullari qaytarib berildimi? Ular orasida "Po`lat" fermer xo`jaligining ham 290 mln puli qaytarilmagani haqida ham xabarlar bor edi. Ushbu fermer xo`jaligining ham muammosi hal bo`ldimi? Nega “O`zagrolizing” AJda bunday muammolar ko`p?

Rost24.uz muxbirining ushbu mazmundagi savoliga O`zagrolizing AJ boshqaruv raisi Nodir Otajonov qudagicha javob berdi:

— Tashkilot faoliyatida bunday muammolar ko`p, ayniqsa o`tgan yili muammolar yili bo`ldi. Bunday muammolar bilan bog`liq to`lov tizimi degan narsa bor. Bu birinchi o`rinda, respublikadagi barcha lizing oluvchilar tomonidan ta`minlanib borilishi kerak. Vaqtida ta`minlanmaganlik natijasida o`sha vaqtda va hozirgi bizning faoliyatimizda ham muammolar kelib chiqyapti, lekin biz bu kabi muammolarni hal qilishga harakat qilyapmiz.  Biz bu muammolarni to`liq bartaraf qilish tizimini joriy qilish uchun, ko`rdikki, agar kompaniya faqat ichki bozorga e`tibor qaratsa, echim qila olmaymiz, chunki biz buni to`liq darajada moliyalashtiradigan manbalarga ega emasmiz. Shundan kelib chiqib, biz xorijiy bozorga chiqishning tizimli yo`lini qilib kelmoqdamiz. Yuqoridagi holatlar bo`yicha muammolarni avgust-sentyabr oylaridan to`liq bartaraf etishga harakat qilamiz. Chunki faoliyatimizda hozirgiga o`xshagan muammolar ko`p emas, ammo bor. Yaqin kunlarda muammolar bartaraf etilib, qisqa fursatlarda texnikani etkazib beradigan davomli doimiy tizimni joriy qilyapmiz», — dedi u.

“O`zagrolizing” AJ 2000 yildan boshlab faoliyat yuritib kelayotgan bo`lsa-da, negadir ushbu sohada texnikaning tadbirkor va fermerlarga etkazib berish bilan bog`liq juda ko`p muammolar bo`ladi. Bu muammolar yuqorida aytilganidek, avgust-sentyabr oylarida bartaraf etilishini kutib qolamiz.

@rost24_uz_bot — Хабар йўлланг. Сизнинг хоҳишингизга кўра ҳар қандай маълумот сир сақланади
0
Изоҳ қолдириш
Изоҳлар