Mirziyoev Saudiya Arabistonida ham Afg`oniston muammosini kutardi

20.07.2023 14:11

Kecha Saudiya Arabistonining Jidda shahrida “Markaziy Osiyo - Ko`rfaz arab davlatlari hamkorlik kengashi” formatidagi birinchi sammiti bo`lib o`tdi.

Yig`ilishda ishtirok etgan Mirziyoev Ko`rfaz mamlakatlari bilan aloqalar yangi bosqichga ko`tarilganini, bugungi kunda umumiy loyihalar portfeli 20 milliard dollardan ortganini qayd etgan.

Shuningdek, Ko`rfaz davlatlarini mintaqa bilan bog`laydigan Trans-afg`on temir yo`lini qurish strategik loyihasida faol ishtirok etishga chaqirgan.

— Diqqatingizni Afg`oniston muammosiga qaratishni istar edim. Bu yurtda tinchlik o`rnatmasdan, nafaqat mintaqamiz, balki global xavfsizlikni ham ta`minlash mumkin emas», — deya yana afg`on masalasiga to`xtalgan Mirziyoev afg`on xalqi hayotini engil qilishga munosib hissa qo`shishga undagan.

Shu bilan birga, navbatdagi sammitni O`zbekistonda o`tkazishni taklif qilgan.

Bundan tashqari, O`zbekiston  Prezidenti sammit doirasida Saudiya Arabistoni Podshohligi Valiahdi, Bosh vaziri Muhammad bin Salmon Ol Saud bilan uchrashuv o`tkazgan.

Avvalroq, tashrif doirasida Shavkat Mirziyoev muqaddas Makka shahriga borib, umra amallarini bajargani haqida xabar qilgandik.

@rost24_uz_bot — Хабар йўлланг. Сизнинг хоҳишингизга кўра ҳар қандай маълумот сир сақланади
0
Изоҳ қолдириш
Изоҳлар