O`zbek futboli 3 yilga barcha soliqlardan ozod etiladi

19.07.2023 19:47

Prezident Soliq kodeksiga qo`shimcha kiritish haqidagi qonunni imzoladi. Unga ko`ra, O`zbekiston futbol assosiasiyasi, uning hududiy bo`linmalari, “O`zbekiston Professional futbol ligasi” jamoat birlashmasi, O`zbekiston futbol hakamlari markazi va professional futbol klublari uch yilga (2023 yil 1 yanvardan  2026 yil 1 yanvargacha) quyidagi soliqlarni to`lashdan ozod etiladi:

—  barcha turdagi soliqlarni (ijtimoiy soliq bundan mustasno);

— o`zi jalb qilgan chet el mutaxassislari va futbolchilarining daromadlaridan to`lanadigan jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig`ini;

— O`zbekistonga olib kiriladigan, O`zbekistonda o`xshashi ishlab chiqarilmaydigan sport asbob-uskunalari va inventari, translyasiya qilish uchun zarur bo`lgan asbob-uskunalar, inventar va texnika, farmakologiya tovarlari, sport oziq-ovqatlari, futbol (futzal) maydonlari uchun sun`iy o`tlar, granulalar, maxsus elimlar va maxsus professional sport kiyim-boshlari, transport vositalari, shu jumladan maxsus transport vositalari uchun QQSni.

Rejaga ko`ra, ushbu imtiyoz futbol klublari faoliyatini rivojlantirish, shu bilan birga yosh va iqtidorli o`yinchilarni tanlab olish tizimi va ularni professional sportchi sifatida tayyorlash uchun xizmat qiladi.

@rost24_uz_bot — Хабар йўлланг. Сизнинг хоҳишингизга кўра ҳар қандай маълумот сир сақланади
0
Изоҳ қолдириш
Изоҳлар