15 iyul – Turkiya xalqi birdamligi ramzi

16.07.2023 12:29

Turkiya Respublikasining O`zbekistondagi elchixonasida xotira tadbiri bo`lib o`tdi. 

Unda bundan 7 yil avval – 2016 yil 15 iyulda Turkiyada xoinlar tomonidan uyushtirilgan davlat to`ntarishida halok bo`lganlar xotirlandi.  Ikki mamlakat madhiyalari yangradi. Marhumlar haqqiga Qur`on tilovat qilindi va duolar o`qildi. 

O`shandan buyon 15 iyul Turkiyada “Demokratiya va  milliy birlik kuni” sifatida nishonlanib kelinadi. Bu sana tom ma`noda milliy birdamlik ramziga aylanib ulgurdi.

Marosimda so`zga chiqqan Turkiya Respublikasining O`zbekistondagi Favqulodda va muxtor elchisi Olgan Bekar ta`kidlaganidek, “Turk xalqining o`sha kecha ko`rsatgan jasorati, fidoyiligi va birdamligi tufayli Turkiyaning kelajagi, ya`ni “Turk asri” shakllandi. Shu matonatlari bilan “Turkiya asrining qahramonlari” turli sohalarda o`z burchlarini ado etayotgan yana qanchadan-qancha qahramonlarni ruhlantirdi”.

Eslatib o`tamiz, 2016 yil 15 iyuldagi xoinona harakatlar chog`ida Turkiya Buyuk Millat Majlisi binosi FETO terror tashkiloti hujumiga uchragadi, 250dan ortiq fuqarolar halok bo`ldi, 2000dan ortiq odam jarohatlangan.

Shuhrat Oripov

@rost24_uz_bot — Хабар йўлланг. Сизнинг хоҳишингизга кўра ҳар қандай маълумот сир сақланади
0
Изоҳ қолдириш
Изоҳлар