Bosh Prokuratura huzuridagi Majburiy ijro byurosining ochiq ma`lumotlariga ko`ra, 14 ta vazirlikda ijro hujjatlari bo`yicha jami 30 mlrd 225 mln so`mdan ortiq qarzdorlik mavjud…
Rost24.uz Majburiy ijro byurosining ochiq ma`lumotlariga asoslangan holda qarzdor vazirliklar bilan tanishtiradi:
— Transport vazirligi - 924 ming so`m
— Mudofaa vazirligi - 1 mln 860 ming so`m
— Madaniyat va turizm vazirligi - 2 mln 721 ming so`m
— Kambag`allikni qisqartirish va bandlik vazirligi - 3 mln so`m
— Tashqi ishlar vazirligi - 3 mln 27 ming so`m
— Tabiat resurslari vazirligi - 11 mln 229 ming so`m
— Oliy ta`lim, fan va innovasiyalar vazirligi - 27 mln 554 ming so`m
— Adliya vazirligi - 34 mln 341 ming so`m
— Maktabgacha va maktab ta`limi vazirligi - 43 mln 576 ming so`m
— Yoshlar siyosati va sport vazirligi - 56 mln 442 ming so`m
— Qurilish va uy-joy kommunal xo`jaligi vazirligi - 324 mln 785 ming so`m
— Ichki ishlar vazirligi - 374 mln 512 ming so`m
— Sog`liqni saqlash vazirligi - 1 mlrd 250 mln 53 ming so`m
— Iqtisodiyot va moliya vazirligi - 28 mlrd 558 mln 335 ming so`m.
O`rganish davomida ma`lum bo`ldiki, qolgan 7 ta vazirlikda qarzdorliklar mavjud emas. Bular — Investisiyalar, sanoat va savdo vazirligi, Tog`-kon va geologiya vazirligi, Qishloq xo`jaligi vazirligi, Suv xo`jaligi vazirligi, Raqamli texnologiyalar vazirligi, Energetika vazirligi va Favqulodda vaziyatlar vazirligi.
Ma`lumot uchun, Bosh Prokuratura huzuridagi Majburiy ijro byurosining ijro hujjatlari bo`yicha umumiy qarzdorligi 4 mlrd 61 mln 804 ming so`mni tashkil qilmoqda.