Putin Vagner etakchisi Prigojin bilan uchrashuvi oshkor etildi

11.07.2023 10:27

Rossiya prezidenti Putin 29 iyun kuni Vagner etakchisi Prigojin va guruh jangarilari bilan Kremlda uchrashdi.

Putin matbuot kotibi Dmitriy Peskovga ko`ra, mazkur uchrashuvda 35 nafardan kam bo`lmagan otryad komandirlari va kompaniya boshliqlari ishtirok etgan. Putin tadbirda Maxsus harbiy operasiya davomida kompaniyaning frontdagi harakatlariga baho bergan va 24 iyun voqealari haqida komandirlarning tushuntirishini eshitgan. Shuningdek, ularga keyingi hamkorlik variantlarini taklif qilgan.

Kreml rasmiyining qo`shimcha qilishicha, ular “davlat rahbari va oliy bosh qo`mondonning sodiq tarafdorlari va askarlari” ekanliklarini ta`kidlashgan. Majlisda mudofaa vazirligi vakillari qatnashdimi, degan savolga Peskov uchrashuv haqida boshqa arzirli gap ayta olmasligini bildirgan.

Eslatib o`tamiz, 24 iyun kuni Rostovdagi Vagner xususiy harbiy kompaniyasi kuchlari janubiy harbiy okrugni egallab olishgan edi. Bu Evgeniy Prigojinning Rossiya harbiy kuchlari xususiy harbiy kompaniya lagerlariga raketa hujumlari uyushtirganlari haqidagi bayonotidan so`ng yuz bergan. Putin qo`zg`olonchilarning harakatlarini jinoyat va xiyonat deb atagan, keyinchalik Belarus prezidentining isyonchilar rahbari bilan o`tkazgan muzokarasidan so`ng xususiy harbiy kompaniya boshlig`i harbiy harakatlarni to`xtatish taklifini qabul qilgan edi.

Mazkur voqealar fonida Prigojinga jinoiy ochilgan, ammo Rossiya xavfsizlik xizmati qo`zg`olon ishtirokchilari harakatlarni to`xtatganligi sababli tergovni muddatidan avval bekor qilgan.

@rost24_uz_bot — Хабар йўлланг. Сизнинг хоҳишингизга кўра ҳар қандай маълумот сир сақланади
2
Изоҳ қолдириш
Изоҳлар