O`zbekistonda oliy ta`lim muassalari soni yildan yilga ortib bormoqda. Ular orasida xususiylari ham ko`p. Bulardan biri Navoiy innovasiyalar universitetidir.
Ushbu universitetda o`tgan yili 3 ta yo`nalish bo`lgan bo`lsa, bu yil ular soni 10 taga ko`paydi. Navoiy innovasiyalar universitetida imtihon jarayonlari suhbat asosida o`tkaziladi. Suhbat asosida o`tkazilgan imtihonlarda shaffoflik qay darajada ta`minlangan, jarayonlarda korrupsion holatlar bo`lmaydimi?
Rost24.uz muxbirining ushbu savoliga Navoiy innovasiyalar universiteti rektori Nuriymon Abdulhasan quydagicha javob berdi:
— Universitet imtihonlarida korrupsion holatlar bo`lmasligi uchun alohida xodim tayinlangan, bu xodim maxsus korrupsiyaga qarshi kurashish bo`yicha ishlagan tajribali xodim hisoblanadi. Shuningdek, imtihonlarida umuman universitet xodimlari aralashmaydi», — dedi u.
Navoiy innovasiyalar universiteti boshqa universitetlardan zamonaviylik bilan ham ajralib turadi. Bundan tashqari, talabalarni esa shunchaki inson kapitali sifatida emas, nimadir yangilik qiladigan mutaxassis sifatida etishtirib chiqarish universitetning eng katta maqsadlaridan biridir.