Saylov uchastkasida xizmat qilganlarga qancha kompensasiya to`lanadi?

10.07.2023 12:22

O`zbekiston Respublikasi Saylov kodeksining 99-moddasiga asosan, 
Markaziy saylov komissiyasi viloyat, tuman, shahar saylov komissiyalari, okrug va uchastka saylov komissiyalari Davlat byudjetidan moliyalashtiriladi.

Saylov komissiyalarining a`zolariga saylovga tayyorgarlik ko`rish hamda uni o`tkazishga doir xarajatlar smetasida ko`rsatilgan miqdorda transport, ovqatlanish xarajatlarining va boshqa xarajatlarning o`rnini qoplash maqsadida kompensasiya to`lanadi.

Saylov Kodeksidagi mazkur qoidaga asosan, bugun, 2023 yil 9 iyulda bo`lib o`tadigan O`zbekiston prezidentligiga saylov kunida xizmat qiladigan fuqarolarga ham bir martalik kompensasiya to`lanadi.

Kompensasiya miqdori esa saylovlarga tayyorgarlik ko`rish va ularni o`tkazishni moliyalashtirish hamda mablag`lardan foydalanish tartibi to`g`risidagi Yo`riqnomaga asosan mehnatga haq to`lashning eng kam miqdoriga nisbatan quyidagi summada hisoblangan:

Saylov okrugi raisi – mehnatga haq to`lash eng kam miqdorining 2 baravari (1 960 000 so`m), okrug raisi o`rinbosari kotibi – 1,5 baravar  (1 470 009 so`m), okrug a`zosi – 1 baravar (980 000 so`m).

Saylov uchastkasi raisi – 1,2 baravar (1 176 000 so`m), 
rais o`rinbosari – 1 baravar (980 000 so`m), 
uchastka a`zosi – 0,7 baravar (686 000 so`m).

@rost24_uz_bot — Хабар йўлланг. Сизнинг хоҳишингизга кўра ҳар қандай маълумот сир сақланади
2
Изоҳ қолдириш
Изоҳлар