Prezident “O`zbekiston Davlat bayrog`i to`g`risida”gi qonunga o`zgartirish va qo`shimchalar kiritish haqida”gi qonunni imzoladi.
Qonunga ko`ra, davlat bayrog`idan foydalanilishi mumkin bo`lgan holatlar kengaytirilgan:
— bayroq va uning tasviri tushirilgan belgilardan jamoat joylarida, binolarda, yashash yoki ish joylarida, transport salonida;
— bayroqdan sport musobaqalari, ommaviy, tantanali va madaniy tadbirlarda, oilaviy bayramlarda, xotira sanalarni nishonlashda, jamiyat va davlat arboblari, harbiy xizmatchilar dafn marosimlarida;
— xalqaro sport musobaqalari hamda O`zbekiston chempionatlari uchun sport kiyimlarini tayyorlash uchun bayroqning tasviri tushirilgan belgilardan foydalanish mumkin.
Shuningdek, qonun bilan bayroqqa nisbatan hurmatsizlik qilish holatlari aniq belgilandi, xususan:
— bayroqdan va uning tasviri tushirilgan belgilardan yirtilgan, ifloslangan, teshilgan, rangi oqargan holda va boshqa nomaqbul tarzda foydalanish;
— biror-bir narsa uchun ustki yoping`ich sifatida foydalanish;
— stollarga, o`rindiqlarga, stullarga to`shash yoki tasvirlash, undan qoplama sifatida foydalanish, o`tiriladigan boshqa joylarga yoki oyoq ostiga to`shash yoki tasvirlash;
— kiyim-kechak, dastro`mol yoki ko`rpa-to`shak sifatida, buyumlarni saqlash va tashish uchun foydalanish;
— bayroq tasviri tushirilgan belgilarni poyabzal, dastro`mol, ko`rpa-to`shak, ichki kiyim-kechakga, sochiqlarga, qutilarga (o`rovlarga), bir marta foydalanish va tashlab yuborish uchun mo`ljallangan buyumlarga bosib chiqarish yoki uning tasvirini boshqacha tarzda tushirish;
— bayroq va uning tasviri tushirilgan belgilardan odob-ahloq qoidalari va jamiyatda yurish-turish qoidalariga zid ravishda foydalanish mumkin emas.