Tug`ruqxonadagi go`daklar o`limi nega yashiriladi?

06.07.2023 08:37

O`zbekistonda 2022 yil yakuni bo`yicha 172 068 ta o`lim holatlari qayd etilgan. Shundan 7885 tasi go`daklar o`limidir.

Oxirgi yillarda onalar va bolalar o`limining sezilarli darajada oshishi, ammo ba`zi holatlarda bunday statistikalarning yashirilish holatlariga guvoh bo`lmoqdamiz. Xo`sh, nima uchun onalar va bolalar o`limi bilan bog`liq statistika yashiriladi?

Statistika agentligi tomonidan o`tkazilgan matbuot anjumanida Rost24.uz muxbirining ushbu mazmundagi savoliga Statistika agentligi direktori o`rinbosari Zohidjon Ziyaev quydagicha javob berdi:

Zohidjon Ziyaev 
Statistika agentligi direktori o`rinbosari 

— Rasmiy statistikaga ko`ra, o`lim ko`rsatkichlari belgilangan metodologiyaga asosan hozirgi kunda qilingan eng muhim integrasiyalardan biri Adliya vazirligi bilan tug`ilish va o`lim to`g`risidagi integrasiyalarni yo`lga qo`yilganligidir. O`lim to`g`risidagi ma`lumotlar Adliya vazirligi tomonidan kelib chiqadi, sababi o`limni ro`yxatdan o`tkazish Adliya vazirligi bo`limlarining zimmasida hisoblanadi», — dedi u.

Shu bilan birga, Statistika agentligi boshqarma boshlig`i Zoyir Yo`ldoshev esa shunday javob qildi:

Zoyir Yo`ldoshev
Statistika agentligi boshqarma boshlig`i 

— O`lim to`g`risidagi ma`lumotlar integrasiya natijasida avtomatik tarzda inson omilisiz statistika idorasi bazasiga kelib tushadi. Shunga ko`ra, statistika agentligi ma`lumotlarni shakllantiradi, ya`ni, o`lganlar soni, qanaqa sababga ko`ra, yoshi, jinsi bo`yicha ma`lumotlar shakllantirib, yillik davriylikda berib boriladi. Bolalar o`limi bo`yicha ma`lumotlar avtomatik ravishda statistika agentligiga keladi. Lekin onalar o`limi bo`yicha  ayrim jihatlar bor. Shundan kelib chiqib, buni Sog`liqni saqlash vazirligi tomonidan idoraviy ma`lumot sifatida olinadi. 2022 yil yakuni bo`yicha jami 172 068 ta o`lim qayd etilgan bo`lsa, shundan 7885 tasi go`daklar o`limi hisoblanadi. Onalar o`limi bo`yicha esa, 2022 yil davomida 130 ta o`lim holatlari qayd etilgan», — dedi Yo`ldoshev.

To`g`ri va aniq statistik ma`lumotlar berilishi, umuman statistik ma`lumotlarni aniqlash bo`yicha hali ham deyarli aniq mexanizm yo`qligi shu erda ko`zga ko`rinib qoladi.

@rost24_uz_bot — Хабар йўлланг. Сизнинг хоҳишингизга кўра ҳар қандай маълумот сир сақланади
0
Изоҳ қолдириш
Изоҳлар