Nima uchun kutubxonalar soni 21 yilda15 baravarga kamayib ketdi?

03.07.2023 20:22

Yozuvchilar uyushmasi a`zosi Bahriddin Asror Ozodbek Nazarbekovga e`tiroz bildirdi.

«Madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekovning bir havaskor xonandaga o`rinli e`tirozini ko`rdim.  U adabiyotda "jadalab" so`zi yo`qligini, "jadallab" so`zi borligini aytib, ularning (yoshlarning) kitob o`qimayotganini ta`kidladi. To`g`ri e`tiroz! Lekin vazir sifatida uning sababini o`rgandimi? Nega kitob o`qimay qo`ygan yoshlar?» deydi hajvchi.

Bahriddin Asrorning keltirishicha,  butun mamlakatda 2000 yilda 6027 ta kutubxona bo`lgan bo`lsa,  bugungi kunda ularning soni 402 ta.  

Bugungi kunda respublikadagi Axborot-resurs va axborot-kutubxona markazlari soni 402 ta, yoki undan ham kam bo`lishi mumkin. Ularning soni 2000 yilda 6027 ta bo`lgan bo`lsa, 
2001 yilda 5936
2002 yilda 5943
2003 yilda 6158
2004 yilda 5953
2005 yilda 5892
2006 yilda 1200
2007 yilda 1521
2008 yilda 1650
2009 yilda 2722
2010 yilda 2809
2011 yilda 2809
2012 yilda 2831
2013 yilda 2834
2014 yilda 2877
2015 yilda 2914
2016 yilda 2908
2017 yilda 2898
2018 yilda 2902
2019 yilda 398
2020 yilda 400
2021 yilda 402 tani tashkil qilgan.

2000 yilda 6027 kutubxonaning 1013 tasi shaharda, 5014 tasi qishloqlarda joylashgan bo`lsa, 2021 yilga kelib 402 ta kutubxonaning 365 tasi shaharda, 37 tasi esa qishloqlarda qolgan.

«Bu muammo to`g`ridan-to`g`ri Madaniyat vaziriga taalluqli bo`lgani uchun yozdim», — deydi yozuvchi, maqola so`ngida.

Hozir ushbu maqolani o`qigan mutasaddilar, elektron kitoblar, zamonaviylik, internet asri haqida gapirib, mazkur raqamlar kitobxonlik darajasini belgilamasligi haqida raddiya bildirishlari turgan gap.

Ammo, bugun dunyoda turli shakldagi 2,7 milliondan ortiq kutubxonalar mavjud. Statistikaga ko`ra, ularda ro`yxatdan o`tganlar soni taxminan 1 milliard 40,2 million kishini tashkil etarkan. Tez rivojlanayotgan davlatlarda kitob o`qish va kutubxonalarga tashrif buyuruvchilar soni yildan yilga oshib bormoqda.

2021 yil ma`lumotlariga ko`ra, eng ko`p kitob o`quvchilar Hindiston, Tailand va Xitoyda yashaydi. AQSh aholisining 55 foizi kutubxonalarga a`zo yoki doimiy foydalanuvchi sifatida ro`yxatdan o`tgan. Demak, internet asri va zamonaviylikning kutubxonalarni qirib yuborishga aloqasi yo`q ekan.

Shu o`rinda, mutasaddilar kutubxonalardan foydalanish va xavfsizlik shartlari haqida ham o`ylab ko`rishsa maqsadga muvofiq bo`lar edi. O`zbekistondagi eng katta axborot resurs markazi bo`lgan Milliy kutubxonaga borsangiz, kirish, ro`yxatdan o`tish va foydalanishdagi ovoragarchiliklardan o`tguningizcha kerakli kitobni topish hafsalasi bir necha baravarga kamayib ketishi bu erdan foydalangan kitobxonlarga ma`lum.

@rost24_uz_bot — Хабар йўлланг. Сизнинг хоҳишингизга кўра ҳар қандай маълумот сир сақланади
4
Изоҳ қолдириш
Изоҳлар