"Agrobank" mas`ullariga ishonch bormi? “Ishonch yo`q”, demoqda fuqarolar.

03.07.2023 18:23

Tadbirkorlik qilish uchun fuqaroga 220 000 000 so`m kredit shartnomasi tuzilgan, ammo bank 1 yil davomida turli bahonalar bilan tadbirkorga tegishli pul mablag`ini o`tkazib bermagan. Ular tadbirkordan nimanidir kutdimi?

Kredit olish osonmi? Ha, aslida davlat tomonidan belgilangan me`yorlarga amal qilinsa, qonunlar ishlasa, eng muhimi shu bankdagilar nimalarnidir ta`ma qilib, nimalarnidir bahona qilib yurmasa kredit olish aholi uchun juda sodda va qulay.

Biroq belgilangan bu sodda va oddiy qoidalar "Agrobank" mutasaddilariga hech qanday aloqasi yo`q. Ular istasa kredit beradi, isatmasa olingan kreditni ham yillab bermay yurishi mumkin. Chunki nazoratchining o`zi yo`q. Tizim bir maromda ishlamaydi. Agar ishlaganida norinlik fuqaro yillab bank ostonasida sarson sargardon bo`lmas edi.  

Norin tuman iste`molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatiga Haqqulobod shahar “Do`stlik” MFYda yashovchi fuqaro F.T. dan yozma murojaat kelib tushgan.

Unda bayon etilishicha, fuqaro tadbirkorlik qilish uchun 220 000 000 so`m kredit olish maqsadida “Agrobank” ATB Norin tuman filiali bilan shartnoma tuzadi, ammo shartnomada belgilangan shartlar bo`lishiga qaramasdan bank 1 yil davomida turli xil bahonalar bilan tadbirkorlik qilmoqchi bo`lgan fuqaro F.T. ga tegishli pul mablag`ini o`tkazib bermagan.

Norin tuman ijro etuvchi apparat mutaxassislari tomonidan holat o`rganilib, bank xodimlariga amaldagi qonunchilik talablari tushuntirildi. Natijada, tadbirkorga 220 000 000 so`m “Agrobank”dan olib berildi.

@rost24_uz_bot — Хабар йўлланг. Сизнинг хоҳишингизга кўра ҳар қандай маълумот сир сақланади
7
Изоҳ қолдириш
Изоҳлар