2020 yil dekabr oyida O`zbekiston iste`molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federasiyasi tomonidan jahon tajribasi va aholining ijtimoiy so`rov natijalarini hisobga olgan holda, O`zbekiston Respublikasida iste`mol savatining hisob-kitobini ishlab chiqish bo`yicha ishlar olib borildi.
O`rganishlar shuni ko`rsatadiki, iste`mol savatining miqdori bir oyga bir kishi uchun taxminan 2 157 000 so`mni tashkil etadi.
Iste`mol savatiga oziq-ovqat mahsulotlaridan: non, yorma va dukkakli mevalar, go`sht, sabzavotlar, poliz, mevalar (sitrus mevalar va ziravorlar) sut mahsulotlari, shuningdek nooziq-ovqat (dorilar, kosmetika va uy-ro`zg`or buyumlari) mahsulotlari va kommunal xizmatlar, transport xarajatlari va qo`shimcha o`quv kurslari ham kiritilgan.
Ta`kidlash joizki, iste`mol savati aholining uchta ijtimoiy-demografik guruhi – mehnatga layoqatli aholi, nafaqaxo`rlar va bolalar uchun ishlab chiqilishi kerak. O`zbekiston iste`molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federasiyasi bir oyda o`rtacha mehnatga layoqatli shaxs iste`mol qiladigan tovar va xizmatlarning quyidagi ro`yxatini tayyorladi:
O`zbekiston iste`molchilar huquqlarini
himoya qilish jamiyatlari federasiyasi
Matbuot xizmati